Stalingraddan Venagacha pulemot bilan - o‘zbekistonlik urush qahramoni bosib o‘tgan yo‘l

© Sputnik / Georgiy Zelma / Mediabankka o‘tishOborona Odessi
Oborona Odessi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik O‘zbekiston tahririyati fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan "Front yo‘qlamasi" loyihasini davom ettirmoqda. Urush qahramonlari avlodlari ajdodlarining jasoratini esga olishadi.

O‘zbekiston SSR Andijon viloyatilik Shamsidin Tojiyev 1941-yilda 46 yoshida frontga keldi. U o‘z "Maksim" pulemoti bilan Stalingraddan Vena shahrigacha, 66-gvardiya Qizil bayroq Poltava o‘qchi diviziyasi tarkibida pulemot guruhi komandiri sifatida bosib o‘tdi. U bir necha marta yaralangan, ammo urush oxirigacha xizmatda bo‘lgan.

O‘zining jasoratlari uchun u "Jasorat uchun" medalini oldi - bu frontda urush maydoning o‘zidayoq taqdirlanadigan haqiqiy askarcha mukofot, shuningdek "Vena qo‘lga olingani uchun" va "Germaniya ustidan g‘alaba uchun" medallari bilan ham taqdirlandi.

Uning nabirasi - Baxtiyor Ergashevning bobosining jasoratlari haqidagi xotiralarini "Front yo‘qlamasi" turkumidagi bizning videoimizda tomosha qiling.

Prezident RF V. Putin provel soveshanie po voprosam obespecheniya texnicheskogo pereosnasheniya Voorujennix sil - Sputnik O‘zbekiston
Putin Ikkinchi jahon urushi tugagan sanani o‘zgartirdi

"Front yo‘qlamasi" loyihasi

"Front yo‘qlamasi" – Sputnik matbuot-xizmatlarining Hamdo‘stlik davlatlari uchun an’anaviy loyihasi.

Uning maqsadi - oilaviy voqealarni buyuk harbiy tarixning bisotiga aylantirish, hamma uchun bir bo‘lgan G‘alabaning bebaho mashaqqati va dunyoni fashizmdan ozod qilib bizga yashash uchun barcha imkoniyatlarni taqdim etgan xalqlarning jasoratini eslatish.

Bu yil ushbu tadbir uchinchi marotaba o‘tkaziladi, ammo Covid-19 pandemiyasi tufayli o‘zgartirishlar kiritildi.

Turli matbuot markazlarini bog‘laydigan video ko‘priklar bo‘lmaydi. Ushbu mamlakatlarning taniqli fuqarolari va davlat arboblari ishtirokida Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari haqida oilaviy voqealarni hikoya qiluvchi videolar namoyish etiladi.

Yangiliklar lentasi
0