Tojikiston sog‘liqni saqlash vaziri ishdan olindi

© Press-slujba prezidenta RTOlimzoda Nasim ministr zdravooxraneniya i sotsialnoy zashiti naseleniya RT, arxivnoe foto
Olimzoda Nasim ministr zdravooxraneniya i sotsialnoy zashiti naseleniya RT, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Emomali Rahmonning farmoniga asosan Tojikiston sog‘liqni saqlash vaziri Nasim Olimzoda egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

TOShKENT, 6-may — Sputnik. Tojikiston sog‘liqni saqlash vaziri Nasim Olimzoda egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Sputnik Tojikiston mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga asosan xabar qildi.

Tadjikskaya devochka v naradnom kostume, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston familiyalardagi slavancha suffikslardan voz kechmoqchi

Sog‘liqni saqlash vazirligida o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda Tojikiston bosh vaziri Kohir Rasulzoda bu o‘zgarishni ma’lum qildi. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning farmoniga asosan Olimzoda "boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan" egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Tibbiyot fanlari doktori, "Istiqlol" dam olish majmuasi direktori Jamoliddin Abdulloyev sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlandi.

Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni oshmoqda. Jumladan, bir sutkada 63 ta yangi holat aniqlandi. Respublika bo‘ylab bu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 293 tani tashkil qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0