Turkmaniston JSTga kuzatuvchi davlat maqomida kirishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Ramil SitdikovMonument Nezavisimosti Turkmenistana v Ashxabade.
Monument Nezavisimosti Turkmenistana v Ashxabade. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
JSTga Ashxabod tomonidan tashkilotda kuzatuvchi maqomini olish bo‘yicha olib borilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

TOShKENT, 6-may - Sputnik. Turkmaniston JST Bosh kengashining navbatdagi yig‘ilishida Jahon savdo tashkilotida kuzatuvchi maqomini olish istagida, deya xabar qildi RIA Novosti chorshanba kuni "Neytralniy Turkmenistan" gazetasiga tayanib.

Vstrecha prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva i prezidenta Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedova - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Berdimuhamedov “Sardoba” va COVID-19 masalasini muhokama qildi

Ushbu masalalar BMTning Jenevadagi bo‘linmasi qoshidagi Turkmanistonning doimiy vakolatxonasining Jahon savdo tashkiloti ekspertlari bilan onlayn muzokaralarida muhokama qilindi.

JST vakillariga Ashxabod tomonidan tashkilotda kuzatuvchi maqomini olish bo‘yicha olib borilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Xususan, turkmanistonlik vakillar Turkmanistonning JSTga kirishi bo‘yicha Hukumat komissiyasining joriy yil 14-aprel va 4-may kunlari bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlari to‘g‘risida aytib berishdi.Uchrashuvlar natijalariga ko‘ra, Turkmanistonning JSTga kuzatuvchi maqomida kirishi milliy iqtisodiyotning jadal rivojlanishiga yordam beradi degan xulosaga kelindi.

Muzokaralarda turkman tomoni iqtisodiy siyosat va mamlakatning tashqi savdo rejimiga sharh tayyorlaganligi qayd etildi.

Logotip VTO - Sputnik O‘zbekiston
JST O‘zbekiston uchun yangi bozorlar, yoxud milliy ishlab chiqaruvchiga zarba

"Uchrashuv davomida Jahon savdo tashkilotida Turkmanistonga kuzatuvchi maqomini berish masalasi JST Bosh kengashining navbatdagi majlisi kun tartibida ko‘rib chiqilishi mumkinligi muhokama qilindi", - deb yozadi "Neytralniy Turkmenistan" nashri. Sessiya o‘tkazilishi muddatlari oshkor qilinmayapti.

Birinchi marta Turkmanistonning JSTga kirishi masalasi 2011-yil yanvar oyida Yevropa komissiyasining o‘sha paytdagi rahbari Joze-Manuel Barrozu tomonidan ko‘tarilgan edi. Ashxabodga tashrifi davomida u prezident Gurbanguli Berdimuhamedovga Turkmanistonni ushbu tashkilotga kirish uchun ariza berishni taklif qildi.

Yangiliklar lentasi
0