Janubiy Koreya razvedkasi Kim Chen In nega uzoq vaqt ko‘rinmaganiga izoh berdi

© Gazeta Severnoy Korei Kim Chen In poyavilsya na publike vpervie za 20 dney - foto
Kim Chen In poyavilsya na publike vpervie za 20 dney - foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mahkamadagilarning Kim Chen Inning yurak bilan bog‘liq jarrohlik muolajalari yoki operatsiyalar amalga oshirilmaganiga ishonchi komil. Rrazvedka ma’lumotlariga ko‘ra, agar shunday bo‘lgan taqdirda KXDR rahbarining sog‘lig‘i holati 4-5 hafta davomida kuzatilishi kerak bo‘lar edi.

TOShKENT, 6-may - Sputnik. Janubiy Koreya Davlat razvedka xizmati KXDR yetakchisi Kim Chen Inning uzoq vaqt ko‘rinmagani, ichki ishlarni tartibga solish zaruriyati, shuningdek epidemiologik vaziyat bilan bog‘liq deb hisoblaydi.

"(Razvedka) fikriga ko‘ra, rais Kim ichki kadrlar almashinuvi, partiyaviy masalalar va harbiy kuchni kuchaytirish muammolari bo‘yicha shaxsiy uchrashuvlar o‘tkazish bilan mashg‘ul bo‘lgan. Shuningdek, yangi koronavirus infeksiyasi vaziyati ham ta’sir qildi, shuning uchun ommadagi faoliyati keskin qisqartirildi", - bu haqda Parlamentning razvedka bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kim Ben Gi deputatlar oldida qilgan chiqishida aytdi, uning so‘zlariga Renhap agentligi iqtibos keltirmoqda.

Kim Chen In poyavilsya na publike vpervie za 20 dney - foto - Sputnik O‘zbekiston
Kim Chen In 20 kun deganda ilk marta ommaga ko‘rinish berdi - video

Razvedka shuningdek, Shimoliy Koreya yetakchisining jamoatchilik oldida minimal chiqishi (17 marta) sog‘lig‘ining jiddiy muammolari haqida dalolat bo‘lmaydi deb hisoblaydi.

Mahkamadagilarning Kim Chen Inning yurak bilan bog‘liq jarrohlik muolajalari yoki operatsiyalar amalga oshirilmaganiga ishonchi komil. Rrazvedka ma’lumotlariga ko‘ra, agar shunday bo‘lgan taqdirda KXDR rahbarining sog‘lig‘i holati 4-5 hafta davomida kuzatilishi kerak bo‘lar edi.

Shuningdek notiq, Davlat razvedka xizmatiga ko‘ra, yaqinda Shimoliy Koreya yetakchisi koronavirus bilan kurashishi uchun epidemiyaga qarshi choralarni kuchaytirish, narxlarning ko‘tarilishini oldini olish va harbiylarning ruhini ko‘tarish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga ko‘rsatmalar berganini ta’kidladi.

Shuningdek, Janubiy Koreya razvedkasi KXDRning COVID-19 infeksiyasiga chalinish holatlari yo‘qligi haqidagi bayonotlariga qaramay, ular mavjudligini istisno qilmaydi.

Kim Yo Chjon, sestra lidera Severnoy Korei Kim Chen In na seremonii vozlojeniya venkov v mavzolee Xo Shi Mina v Xanoe, Vyetnam - Sputnik O‘zbekiston
Kim Chen In singlisi KXDR rahbari bo‘lishga tayyorlanmoqda

"Rais Kim yigirma kun davomida qo‘rinmaganidan keyin, o‘zining ommaviy faoliyatini Sunchxon fosforli o‘g‘itlar zavodi ochilish marosimida ishtirok etishdan boshladi, uning qurilishini shu yil boshida boshqarib keldi. Bu bilan Kim Chen In mamlakatdagi oziq-ovqat muammolarini hal qilinganligi haqida signal berish istagi borligi, shunindek mamlakatni o‘z kuchlari bilan mustaqil ravishda qayta tiklashga erishish qobiliyatiga ishonchini namoyish etishini ko‘rsatmoqda", - dedi deputat.

2 may kuni Shimoliy Koreya ommaviy axborot vositalari mamlakat yetakchisi Kim Chen Inning 20 kun ichida birinchi marta ommaga chiqishi haqida xabar berdi. Uning yo‘qligi mobaynida g‘arbiy, Janubiy Koreya va Yaponiya ommaviy axborot vositalarida sog‘ligining jiddiy muammolari yoki hatto uning o‘limi haqida mish-mishlar tarqaldi. Sunchxon o‘g‘itlar zavodining ochilish marosimidan olingan fotosuratlar va videolarda Kim Chen In hursand va sog‘lom ko‘rinishda bo‘lib, amaldorlar bilan suhbat chog‘ida tabassum bilan ishoralar qildi. Shuningdek, u tantanali lentani qirqdi.

Oldinroq Sputnik  radiosi Kim Chen In G‘alabaning yubileyi munosabati bilan Rossiya medali bilan taqdirlangani haqida xabar bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0