Jizzax viloyatida 10 yashar qizni sel oqizib ketdi

© Sputnik / Anatoliy UstinenkoNa ulitse posle sxoda selevogo potoka
Na ulitse posle sxoda selevogo potoka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘allaorol tumani, “Jiydali” qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 10 yoshli qizni soydan sel kelib oqizib ketdi.

TOShKENT, 6-may — Sputnik. G‘allaorol tumani, “Jiydali” qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 10 yoshli qiz M.B.ni soydan sel kelib oqizib ketgan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB xabar qildi. 

Qiz dala maydonidan mollarini uyiga haydab kelish uchun soydan o‘tayotgan bo‘lgan va soydan oqib kelgan sel uni oqizib ketgan. M.B.ning soydan 500 metr uzoqlikda jasadi topildi.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0