Qozog‘iston ham zarar ko‘rganidan afsusdamiz - Mirziyoyev

Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Sardoba texnogen ofati tufayli nafaqat O‘zbekiston xalqi balkim qo‘shni Qozog‘iston aholisi ham zarar ko‘rganinidan afsusda ekanini aytib o‘tdi.

Sardobadagi ofat tufayli yon qo‘shnimiz Qozog‘iston ham zarar ko‘rdi. Biz Qozog‘iston bilan azal azaldan bir darodan suv ichib, quvonch va sinovli damlarda yelkama-yelka bo‘lib yashab kelganmiz. Ushbu texnogen ofat nafaqat aholimizga balkim qo‘shi Qozog‘istonga ham zarar yetkazganidan albatta, afsusdamiz, dedi Mirziyoyev.

Shuningek, Miziyoyev Turkiston viloyati hokimi Umirzoq Shukeyev boshchiligidagi delegatsiya voqea joyida bo‘lib, vaziyatni har tomonlama chuqur o‘rganganini va ushbu masalada ikki respublika orasida barcha ma’umotlar ochiqligi ham ma’lum qildi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti 5-may kuni bo‘lib o‘tgan selektor majlisida Sardoba fojeasida 4 kishi qurbon bo‘lganini va 1 kishi bedarak yo‘qolganini xabar qilgan edi. Shuningdek 90 mingga yaqin aholi yashash joyidan xavfsiz hududlarga ko‘chirilganini ham ma’lum qilgan edi. 

 

Yangiliklar lentasi
0