COVID-19 bilan kurashayotgan 16 mingga yaqin tibbiyot xodimi mukofot puli oldi

© SputnikUzbekskie denejnie znaki - sum
Uzbekskie denejnie znaki - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda COVID-19ga qarshi kurashayotgan xodimlarga 54 milliard so‘mdan ortiq mukofot puli to‘langan.

TOShKENT, 7-may — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash uchun jalb qilingan 15 ming 825 nafar tibbiyot xodimlariga 54,9 milliard so‘m (5,4 million dollar) mukofot puli to‘landi. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Timur Ishmetov ma’lum qildi.

Prezidentning 19-martdagi farmoniga asosan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlar koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar belgilangan. 

Qolaversa, prezidentning 26-martdagi qarori bilan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, bemorlar joylashtirilgan obyektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun quyidagi miqdorlarda (soliqlardan tashqari) maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan: 

Sotrudnik laboratorii vo vremya testirovaniya prob na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari rag‘batlantiriladi

- vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga — 25 million so‘m; 

- o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga — 15 million so‘m; 

- kichik tibbiyot xodimlariga — 10 million so‘m; 

- boshqa xodimlarga — 5 million so‘m.

7 may holatiga ko‘ra, oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lov olgan 14 ming 301 xodimga 22 milliard 832 million so‘m to‘langan. 1524 nafar xodimlarga 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qo‘shimcha rag‘bat sifatida jami 32 mlrd 48 mln so‘m pul berilgan.

Moliya vazirligi matbuot kotibi Sog‘liqni saqlash tizimi xodimlariga murojaat qilib, davlat tomonidan belgilangan qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanmagan taqdirda ishonch telefoni (71-203-00-50) yoki @murojaat_mf_bot orqali murojaat qilishni so‘ragan.

Yangiliklar lentasi
0