Sport

Germaniya futbol boʻyicha chempionatni qayta tiklashni rejalashtirmoqda

© REUTERS / Wolfgang RattayFutbolnыy myach Bundesligi
Futbolnыy myach Bundesligi - Sputnik Oʻzbekiston
Nemis futbol ligasi (DFL) koronavirus tufayli toʻxtatib qoʻyilgan Germaniya chempionatini 16 may kuni qayta tiklashga qaror qildi.

TOSHKENT, 7 may — Sputnik. Nemis futbol ligasi (DFL) Germaniya chempionatini 16 may kuni qayta tiklashga qaror qildi. Bu haqda liganing ijro etuvchi direktori Kristian Zayfert maʼlum qildi, deya yozadi rsport.ria.ru nashri.

Futbolist Serxio Ramos - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Futbol yulduzlari koronavirusga qarshi chellenj boshlashdi – video

“Shu munosabat bilan Bundesliganing birinchi va ikkinchi oʻyinlarini shanba, 16 may kuni qayta tiklashni rejalashtirishmoqda”, - degan u payshanba kuni matbuot anjumanida.

Uning soʻzlariga koʻra, bunda nemis futbol ligasi Germaniya hukumati qarorini inobatga oladi.

Germaniyada futbol musobaqalari koronavirus pandemiyasi tufayli toʻxtatib qoʻyilgan edi. Kuni kecha Germaniya kantsleri Angela Merkel Bundesliga muvofiqlashtirilgan va sinalgan qoidalarni ijro etish sharti bilan oʻyinlarni may oyining oʻrtalaridan qayta tiklashi mumkinligini maʼlum qilgan edi. Oʻyinlar tomoshabinlarsiz oʻtkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala