Iqtisod

Kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishKartofel
Kartofel - Sputnik Oʻzbekiston
2023 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatga chetdan olib kirilayotgan urugʻlik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi.

TOSHKENT, 7 may — Sputnik. Oʻzbekistonda kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari tashkil etiladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Innovatsion va resurs tejamkor texnologiyalar asosida yaxlit maydonlarda isteʼmol va urugʻlik kartoshka yetishtirish hamda sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalari faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biridir.

Novыy sort kartofelya. - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Jahonda oziq-ovqat tovarlari narxi oshib borayotgan bir vaqtda Oʻzbekiston qanday yoʻl tutadi?

Qaror bilan isteʼmol va urugʻlik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar hamda hududlar roʻyxati tasdiqlandi.

Qarorga koʻra, 2020 yil 1 maydan boshlab kartoshka yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi korxonalari, shuningdek, kartoshkachilik klasterlari va kooperatsiyalarining urugʻlik kartoshka xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ularga 12 oy muddatgacha tijorat kreditlari ajratiladi.

2023 yil 1 iyulgacha boʻlgan muddatga chetdan olib kirilayotgan urugʻlik kartoshka bojxona bojidan ozod etiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader