Dunyoda

Moskvada maska rejimi: niqobsiz yurganlik uchun jarima miqdori maʼlum qilindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishProverka soblyudeniya distantsii mejdu passajirami v transporte
Proverka soblyudeniya distantsii mejdu passajirami v transporte  - Sputnik Oʻzbekiston
Moskvada 12 maydan boshlab niqob rejimi joriy etilishi maʼlum qilindi. Bu qaror sanoat va qurilish korxonalari faoliyatidagi cheklovlarni olib tashlashi bilan bogʻliq.

TOSHKENT, 7 may — Sputnik. Moskva bosh nazorat boshqarmasi boshligʻi Yevgeniy Danchikov jamoat joylari va transportda niqobsiz yurganlik uchun qanday jarimalar belgilanganligini aytdi.

Vid na zdaniya moskovskogo mejdunarodnogo delovogo tsentra Moskva-Siti so smotrovoy ploщadki na Vorobyevыx gorax v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Moskva koronavirus holati boʻyicha Xitoyni ortda qoldirdi

"Jamoat transportida jarima besh ming rublni tashkil qiladi, chunki u yerda odamlarning zichligi yuqori, shuning uchun virus tarqalishi xavfi katta. Jamoat joylarida jarima esa toʻrt ming rublni tashkil qiladi. Ushbu jarimalar Moskva maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi kodeksida koʻzda tutilgan", - Evgeniy Danchikov

Moskva meri Sergey Sobyanin 12 maydan boshlab shaharda niqob rejimi joriy etilishini maʼlum qildi. Taʼkidlashicha, qaror sanoat va qurilish korxonalari faoliyatidagi cheklovlarni olib tashlash bilan bogʻliq.

Shuningdek, merning soʻzlariga koʻra, poytaxtda koronavirus bilan kasallanganlarning aniq soni aniqlanganidan yuqori. Yuqtirib olganlarning aniq soni qariyb 300 ming kishini tashkil qilishi mumkin, dedi Sobyanin.

7 may holatiga koʻra, Rossiyada jami 177 160 kishi koronavirus infektsiyasini yuqtirib oldi, 1625 kishi vafot etdi, 23 803 kishi sogʻaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala