Siyosat

Putin va Mirziyoyev koronavirus pandemiyasi atrofidagi vaziyatni muhokama qildi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishGosudarstvennыy vizit prezidenta RF V. Putina v Uzbekistan
Gosudarstvennыy vizit prezidenta RF V. Putina v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Ular bir-birlarini Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etishdi.

TOSHKENT, 7 may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, davlat rahbarlari bir-birlarini Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etishgan. Xususan, frontchilar  va front ortida mehnat qilganlarning jasorati haqida xotiralarni saqlash muhimligini taʼkidlashgan.

Koronavirus pandemiyasi atrofidagi vaziyatni muhokama qilishda Rossiya va Oʻzbekistonning bir-biriga infektsiya tarqalishiga qarshi kurashda berayotgan yordamiga yuqori baho berilgan. Ushbu yoʻnalishda yaqin hamkorlikni davom ettirish tasdiqlangan.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning boshqa dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya Oʻzbekistonga koronavirusni aniqlaydigan test tizimlarini joʻnatgan edi. Shuningdek, videoaloqa orqali Rossiya mutaxassislari bilan doimo maslahatlashuvlar oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Rossiyaga doka va tibbiy niqobdan iborat toʻrt partiya insonparvarlik yordamini yuborgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala