Madaniyat

Turkiy tilli davlatlar xonandalari Zoom orqali oʻzbekcha qoʻshiq kuylashdi

© Hulkar Abdullaeva / instagramPevtsы tyurkoyazыchnыx stran ispolnili uzbekskuyu pesnyu cherez Zoom
Pevtsы tyurkoyazыchnыx stran ispolnili uzbekskuyu pesnyu cherez Zoom - Sputnik Oʻzbekiston
Turkiy tilli davlatlar xonandalari Hulkar Abdullayevaning "Paqa-paq" qoʻshigʻini Zoom orqali birgalikda ijro etishdi.

TOSHKENT, 7 may - Sputnik.  Turkiy tilli davlatlar xonandalari Hulkar Abdullayevaning "Paqa-paq" qoʻshigʻini Zoom orqali birgalikda ijro etishdi. Bu haqida Oʻzbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xabar qildi.

Ushbu onlayn tadbir "Xiva  shahrining 2020 yilda turkiy dunyoning madaniyat poytaxti deb eʼlon qilinishi munosabati bilan amalga oshirilgan. Tadbirda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tatariston, Turkmaniston, Turkiya, Qrim, Moldova, Kabarda-Balkariya, Oʻzbekiston sanʼatkorlari Zoom dasturi orqali Hulkar Abdullayevaga joʻr boʻlib, kuylashdi.

Eslatib oʻtamiz, Turksoy Madaniyat vazirlari kengashi 2019 yilning 2 dekabr kuni Xiva shahri "2020 yilda Turk dunyosining madaniy poytaxti" deb eʼlon qilingan edi. Turksoy kengashiga Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Turkiya, Turkmaniston vakillari kiradi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala