Hamma narsa front uchun: TAPOiChda G‘alaba qanotlarini qanday yaratilgan edi

© Sputnik / V. Shiyanovskiy / Mediabankka o‘tishTransportniy samolet LI-2
Transportniy samolet LI-2  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1941 yil oxirida Toshkentga Sovet Ittifoqining mudofaa sanoatida muhim rol o‘ynagan V.P.Chkalov nomidagi aviatsiya zavodi evakuatsiya qilindi.

TOShKENT, 7-may - Sputnik. Ikkinchi Jahon urushi boshlanishi bilan o‘nlab korxonalar O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi. Ular orasida V.P.Chkalov nomidagi aviatsiyani ta’mirlash zavodi ham bor edi. Keyinchalik u V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasiga (TAPOiCh)ga aylandi.

Hozir uning bazasida Toshkent mexanika zavodi ishlamoqda. Korxona arxivlarida zavodning og‘ir yillarda evakuatsiyani qanday kechirganligi va bir necha hafta ichida frontga qanotli mashinalar ishlab chiqarishni boshlaganligi to‘g‘risida noyob hujjatlari saqlab qolingan.

Evakuatsiya: uskunalar poydevoridan sug‘urib olingan

1941 yil iyun oyidan Chkalov zavodi harbiy mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tdi. Biroq, frontda vaziyat yanada og‘irlashdi, shu sababli 15-oktabrda korxona zudlik bilan O‘zbekiston SSRga evakuatsiya qilinishi to‘g‘risida ko‘rsatma oldi.

© Foto iz arxiva TMZGidropress amerikanskogo proizvodstva "Boldvin". Na nem izgotavlivalis do 80 protsentov detaley samoleta PS-84
Hamma narsa front uchun: TAPOiChda G‘alaba qanotlarini qanday yaratilgan edi - Sputnik O‘zbekiston
Gidropress amerikanskogo proizvodstva "Boldvin". Na nem izgotavlivalis do 80 protsentov detaley samoleta PS-84

Vaqt kamligi stanoklarni yo‘riqnomaga ko‘ra demontaj qilishga imkon bermadi, ular tezkorlik bilan poydevoridan sug‘urib chiqarilib elektr jihozlari bilan shoshilinch ravishda zavod binosi yaqinida qurilgan yuklovchi estakadaga sudrab olib borildi. Chig‘ir va kranlar yetishmagan, ko‘p narsa qo‘lda birgalikda yuklandi - konstruktorlar va ishchilar, texnologlar, mexaniklar, hizmatchilar ...

Velikaya Otechestvennaya voyna 1941-1945 gg. Zavod aviatsionnix bomb - Sputnik O‘zbekiston
Hamma narsa front uchun: aviabombadan traktorgacha - Chirchiq zavodi

Samolyot zavodining yuragi ko‘p tonnali gidravlik press va kompressorlar edi. Ularsiz ishlab chiqarish imkoni yo‘q edi. Korxonaning bosh muhandisi B.P.Lisunovga qimmat yuklarni demontaj qilish va tashishni boshqarish topshirildi. Ushbu amaliyot professional xodimlarning yaxshi muvofiqlashtirilgan ishlashini talab qilgan, chunki samolyot qismlarining 80 % ushbu gidravlik press yordamida ishlab chiqarilar edi.

Chkalovchilar juda to‘g‘ri mulohaza qilishdi - uskunani olib tashlashdan oldin, u meyoridan ortiqroq ishlab, iloji boricha ko‘proq qismlarni berishi kerak. Shuning uchun stanoklar, presslar, stapellar so‘nggi lahzagacha ishladi, keyin ularni tezda qismlarga ajratib, poyezdlarga yuklashdi.

Isitiladigan eshelonlarda olov ostida

Toshkentga 17 eshelon (mingga yaqin vagon) jo‘nab ketdi. 812 ta uskuna birliklari evakuatsiya qilindi, ehtiyot qismlar va materiallar to‘liq zaxirasi. Sovuq kuzda stanok va agregatlar yonida, pechka-burjuyka bilan jihozlangan sovuq vagonlarda 4880 zavod ishchisi va ularning oila a’zolari notanish O‘rta Osiyoga yo‘l oldi. Eshelon yo‘lovchilaridan biri stanok poddonida uxlab yotgan ikki haftalik chaqaloq Yuriy Makoveskiy edi - keyinchalik u TAPOiCh xodimiga aylandi. Xalq iste’moli mollari bo‘limidagi E.N. Bulkina esa Ximki - Toshkent yo‘lida vagonning o‘zidayoq tug‘ilgan.

Toshkent markazida noyob G‘alaba bog‘i qanday yaratilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda G‘alaba bog‘i qurilishi yakunlanmoqda - video

Eshelonlarning hammasi ham O‘zbekistonga talofatsiz yetib bora olmadi. 5-noyabr kuni Moskva yaqinidagi Avsunino razyezdida o‘ninchi sostav bombardimonga uchradi va pulemotlardan o‘qqa tutildi. Bir necha o‘nlab odamlar halok bo‘ldi, eshelondagi yigirmata bola yetim qoldi.

Ximkidan so‘nggi poyezd 13-noyabr kuni jo‘nadi. Ushbu eshelon boshlig‘i Vasilkov shunday yozgan: "Biz eng og‘ir press uskunalarini olib ketayotgan edik. Yuk gabaritdan oshiq bo‘lgan, shuning uchun maxsus vagonlar va ko‘chirish uchun mahsus ruxsatnomalar talab qilingan. Bundan tashqari, biz og‘ir traktorlar, tortkichlar va avtokaralarni olib ketishga majbur bo‘ldik - biz demontaj qilishda foydalangan barcha texnika. Bundan tashqari avtotransport karvonini ham tashkil qilishga to‘g‘ri keldi: uskunalar va qolgan mulklar bilan to‘ldirilgan barcha mashinalarimiz Toshkentga mustaqil ravishda jo‘nadilar".

Ikkinchi tug‘ilgan kun

Zavod ishchilari ortilgan birinchi poyezd Toshkentga 1941-yil 20-noyabrda yetib keldi. Ushbu sana zavodning ikkinchi tug‘ilgan kuni hisoblanadi, ammo endi o‘zbek zaminida.

© Foto iz arxiva TMZZdanie otdela kadrov zavoda v 1942 godu, Pervaya kompressornaya postroyennaya na territoriyax agregatnix sexov
Hamma narsa front uchun: TAPOiChda G‘alaba qanotlarini qanday yaratilgan edi - Sputnik O‘zbekiston
Zdanie otdela kadrov zavoda v 1942 godu, Pervaya kompressornaya postroyennaya na territoriyax agregatnix sexov

O‘zbekiston SSR poytaxtida yangi ishlab chiqarishni joylashtirish uchun to‘rtta hudud ajratildi. Poligrafkombinatga qarashli 17 ming kvadrat metr maydonda tayyorlovchi uskunalar joylashtirildi. 13 ming kvadrat metr maydonda joylashgan Fuqaro Havo floti zavodining bino va angarlarida agregat va yig‘ish ishlab chiqarishlari ishlashi kerak edi. "Chirchikstroy" yog‘ochni qayta ishlash zavodi binosida 2,3 ming kvadrat metr maydonda yog‘ochni qayta ishlash sexining uskunalari o‘rnatildi. To‘qimachilik kombinatining 3,3 ming kvadrat metr maydonida zavod omborhonalari joylashtirildi.

Aql bovar qilib bo‘lmaydigan harakatlar bilan zavodni boshqa joyga ko‘chirish va ishga tushirish jadvali bajarildi. 1941-yil dekabr oyining o‘rtalarida zavod qanot sexiga shogird sifatida kirgan, parchinlash va yig‘ish ishlari texnologik bo‘limining yetakchi konstruktori L.A.Lyubarskiy shunday eslaydi.

Iz okopov voyni v selskuyu shkolu — istoriya uchitelya-frontovika - Sputnik O‘zbekiston
Urush okoplaridan qishloq maktabigacha – frontchi-o‘qituvchi tarixi

"Bizning seximiz angarda joylashgan edi. Sovuq juda qattiq edi. Stapellar sexga sudrab keltirilgan va biz ularni sexga qo‘llarimizda tashidik. Siqilgan havo bo‘lmagan. Aniq bir vaqtda kompressorli ZIS-5 mashinasi kelib, u bergan siqilgan havoda faqat bitta drel va bitta pnevmatiq bolg‘a molotok ishlatolganmiz. Qanot qo‘lbola parchinlangan va teshilgan. Yanvar oyida stapeldan birinchi qanot yechildi. Barcha yigitlarni yig‘ib, qanotni yuk ko‘targich bilan yelkamizga ortdik va aravaga tushirdik... Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, hech kim uyiga smenasidagi ishni tugatmaguncha ketmasdi".

Zavod atigi qirq kun ichida ishga tushirildi va front uchun mahsulot ishlab chiqarishni boshladi. 1942-yilning 7-yanvarida birinchi samolyot chiqarildi, 17-yanvardan esa harbiy mashinalar ommaviy ishlab chiqarila boshladi.

G‘alaba qanotlari

1942 yil yanvar oyidan boshlab, Davlat Mudofaa Qo‘mitasining qaroriga binoan, qurilayotgan va loyihalashtirilayotgan barcha samolyotlarga ularning bosh konstruktorlari ismlari berila boshladi: TU, IL, YaK ... PS-84 samolyoti zavodning bosh muhandisi Boris Pavlovich Lisunov sharafiga nomlandi. Aynan u uskunalarni evakuatsiya qilish va zavodni qayta ishga tushirishga rahbarlik qilgan, ushbu mashinaning takomillashtirish uchun ko‘p ishlarni amalga oshirgan.

© Foto iz arxiva TMZGlavniy injener zavoda v 1938 -46 g.g. Boris Pavlovich Lisunov
Hamma narsa front uchun: TAPOiChda G‘alaba qanotlarini qanday yaratilgan edi - Sputnik O‘zbekiston
Glavniy injener zavoda v 1938 -46 g.g. Boris Pavlovich Lisunov

Urush yillarida Li-2 transport, desant, tez yordam va shatakka oluvchi samolyot vazifalarini bajara turib, ommaviy e’tirofga sazovor bo‘ldi. Bundan tashqari, harbiy operatsiyalarda qatnashish uchun ushbu mashinalarga bombardimon qurollari va tez otar pulemotlar o‘rnatilgan. Li-2 barcha harbiy havo tashuvlarini ta’minlagan, dushman hududi ichkarisida partizan aerodromlariga minglab qo‘nishlarni amalga oshirgan va hatto bombardimonchi sifatida ham ishlatilgan. 1945-yilda o‘zbekistonlik uchuvchi Abdusamat Taymetov aviapolk komandiri, podpolkovnik Aleksey Ivanovich Semenkov bilan G‘alaba bayrog‘ini Berlindan tantana qilayotgan Moskvaga yetkazdi.

Qahramonona mehnat

Jangovar mashinalar ishlab chiqarishi tez sur’atlar bilan o‘sdi. Agar 1942-yilning martida har kuni bitta samolyot chiqarilgan bo‘lsa, iyul oyidan boshlab kuniga ikkitadan mashina Toshkentdan frontga ucha boshladi.

© Sputnik / Sergey Mamontov / Mediabankka o‘tishMuzey na territorii Tashkentskogo mexanicheskogo zavoda
Hamma narsa front uchun: TAPOiChda G‘alaba qanotlarini qanday yaratilgan edi - Sputnik O‘zbekiston
Muzey na territorii Tashkentskogo mexanicheskogo zavoda

Aviazavod 25-marta Davlat Mudofaa qo‘mitasining Qizil bayrog‘i bilan taqdirlangan. Keyinchalik u mehnat jasorati timsoli sifatida chkalovchilarga abadiy saqlanishga topshirildi, 1945-yil sentabr oyida esa korxona Lenin ordeni bilan mukofotlandi.

© Foto iz arxiva TMZMuzey pri Tashkentskom mexanicheskom zavode
Hamma narsa front uchun: TAPOiChda G‘alaba qanotlarini qanday yaratilgan edi - Sputnik O‘zbekiston
Muzey pri Tashkentskom mexanicheskom zavode

1942-1945 yillarda zavod umumiy hisobda qo‘shinlarga ikki mingdan ortiq qanotli mashinalarini yetkazib berdi.

Afsonaviy Li-2 haykali bir necha o‘n yillar davomida TAPOiCh zavodining markaziy maydonida qad ko‘targan. O‘ng va chap tomonida fotoportretlar o‘rnatilgan stendlar. Birida - "Birlashma mehnat faxriylari ", ikkinchisida "Ular vatani uchun kurashgan". Hotira taxtasida: "Chkalovchi! Ro‘pparangda og‘ir harbiy sinovlar yillarida O‘zbekiston zaminida yaratilgan samolyot. Samolyot ishlab chiqaruvchilarning katta avlodining qahramona ishlariga hurmat bajo keltir, ularning ulug‘vor an’analariga munosib bo‘l".

Toshkent hokimiyatining qarori bilan Li-2 zavoddagi o‘rnidan olib tashlandi va ehtiyotkor tiklash ishlaridan so‘ng, 9-may kuni Buyuk G‘alabaning 75-yilligi sharafiga ochiladigan Galaba bog‘iga ko‘chirildi.

© Foto iz arxiva TMZRabochie zavoda u samoleta "Li-2"
Hamma narsa front uchun: TAPOiChda G‘alaba qanotlarini qanday yaratilgan edi - Sputnik O‘zbekiston
Rabochie zavoda u samoleta "Li-2"
Yangiliklar lentasi
0