O‘zbek avtomobillari Rossiya bozoriga yaqin orada chiqmaydi - OAV

© Sputnik / Igor Chuprin / Mediabankka o‘tishChevrolet Lacettii
Chevrolet Lacettii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada O‘zbekiston avtomobillari sotilishi mart oyida boshlanishi kerak edi, lekin koronavirus va boshqa muammolar tufayli yoz o‘rtasigacha qoldirildi.

TOShKENT, 7-may - Sputnik. Rossiyada UzAuto avtomobillari hali beri sotuvga chiqmaydi, bunga sertifikatsiya qilishdagi muammolar, koronavirus va boshqa sabablar bor deb yozadi Motor nashri.  

UzAuto va General Motors mart oyida Rossiyada Ravon avtomobillari o‘rniga O‘zbekistonda ishlab chiqilgan Chevrolet Spark, Nexia va Cobalt avtomobillari sotuvga chiqarilishi kerak edi. Lekin COVID-19 epidemiyasi va karantin choralari tufayli UzAuto o‘z vaqtida avtomobillari Rossiyaga yetkazib bera olmadi,- deyilgan xabarda. 

Ayni damda O‘zbekiston avtomobillarining Rossiya bozoriga chiqishi yoz o‘rtasigacha qoldirilgan, agar koronavirus bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarmasa Chevrolet avtomobillarining Rossiya bozorida paydo bo‘lishi yana kechiktirilishi mumkin.

Undan tashqari UzAutoning Rossiyadagi oldingi faoliyatidan qolgan qarzlari ham faoliyatini qayta boshlashga xalal berishi mumkin. 

"UzAutoning o‘tgan davrlardagi faoliyatida avtomobil yetkazib berishda doimiy ravishda muammolar sodir bo‘lgani sababli rossiyalik dilerlar tomonidan qo‘llab quvvatlanmayapti. Ustiga ustak O‘zbekiston kompaniyasining o‘tgan faoliyatidan birmuncha qarzlari ham qolgan. Ushbu sabablar Uzauto avtomobillarining Rossiya bozoriga tez orada chiqishiga to‘sqinlik qilishi mumkin", - deb yozadi nashr. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston avtomobillari Rossiya bozorida dastlab Daewoo brendi ostida sotuvga chiqarilgan va o‘zining arzon narxi muammosizligi bilan xaridorlar ishonchini qozongan edi. Keyinchalik avtomobillar Chevrolet brendi ostida savdoga chiqarildi. 2014-yilda Chevrolet Rossiya bozorini tark etishi e’lon qilganidan so‘ng UzAuto avtomobillarini Ravon brendi ostida sotishga qaror qilgan edi. Turli sabablarga ko‘ra, Ravon brendi Rossiyalik xaridorlar orasida ommaviylashishga muvaffaq bo‘lmadi. 2020-yilning mart oyida UzAuto va General Motors kelishuviga asosan o‘zbek avtomobillari Rossiyada yana Chevrolet brendi ostida sotuvga chiqariladigan bo‘ldi. 

Yangiliklar lentasi
0