Sardobaning 80% aholisi o‘z uylariga qaytdi - video

Obuna bo‘lish
Milliy gvardiya, harbiylar va FVV kuchlarining ildamlik bilan amalga oshirgan qutqaruv ishlari tufayli bir hafta ichida xavfsiz hududga ko‘chishga majbur bo‘lgan oilalarning 80% o‘z uylariga  qaytishga muvaffaq bo‘ldi.

Birinchi may kuni sodir bo‘lgan, Sardobadagi suv ombori to‘g‘oni yorilishi oqibatida bir necha aholi punktlari suv ostida qolgan edi. Shuningdek suv oqimi yo‘larb ko‘priklar, infratuzilma va aholi turar joylariga shikast yetkazgan edi. 

Shuningdek suv toshqini Qozog‘iston hududiga ham yetib borib uy va ekin dalalariga shikast yetkazgan edi. 

Tabiiy ofatdan bir hafta o‘tib xavfsiz hududga ko‘chishga majbur bo‘lgan oilalarning 80% o‘z uylariga  qaytishdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, harbiy qo‘shinlar yordamida aholi uylari loy va axlatdan tozalanib o‘z egalariga qayta topshirilmoqda. Yo‘qolgan hujjatlar qayta tiklanmoqda. 

Aholi uylarini yashashga yaroqli holatga keltirish bilan bir vaqtda avtomobil yo‘llari, aloqa tizimlari, elektr ta’minosti va boshqa infraqurilma tizimlari ham tezkorlik bilan tiklanmoqda. Undan tashqari quruvchilar yorilgan to‘g‘onni ham tiklamoqdalar. 

Favquoldda vaziyatdan so‘ng Sardobada hayot qanday qaytayotganini Sputnik eksklyuziv videolavhasida tomosha qiling.

 

Yangiliklar lentasi
0