Infografika

Toshkentda yaratilgan Gʻalaba qanotlari

Ikkinchi jahon urushi yillarida Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi 2000 mingdan ortiq transport samolyotlari ishlab chiqargan.

Ikkinchi jahon urushi yillarida Toshkentda 2011 dona "Gʻalaba qanotlari" - Li-2 transport samolyotlari ishlab chiqarilgan edi.

Ushbu samolyotlar tushman ichki hududiga desant tashlash, harbiy yuk va shaxsiy tizimni tashish maqsadlarida keng foydalanilgan edi. 1945 yilda oʻzbekistonlik uchuvchi Abdusamat Taymetov aynan Li-2 samolyotida Berlindan Moskvaga Reyxstag oʻstiga oʻrnatilgan gʻalaba bayrogʻini olib kelgan edi. 

Afsonaviy Li-2 samolyoti bir necha oʻn yillar davomida TAPOiCH zavodining markaziy maydonida qad koʻtarib turdi. Oʻng va chap tomonida fotoportretlar oʻrnatilgan stendlar. Birida - "Birlashma mehnat faxriylari ", ikkinchisida "Ular vatani uchun kurashgan". Xotira taxtasida: "Chkalovchi! Roʻpparangda ogʻir harbiy sinovlar yillarida Oʻzbekiston zaminida yaratilgan samolyot. Samolyot ishlab chiqaruvchilarning katta avlodining qahramona ishlariga hurmat bajo keltir, ularning ulugʻvor anʼanalariga munosib boʻl",  degan yozuvlar bitilgan edi.

Toshkent hokimiyatining qarori bilan Li-2 zavoddagi oʻrnidan olib tashlandi va ehtiyotkor tiklash ishlaridan soʻng, 9-may kuni Buyuk Gʻalabaning 75 yilligi sharafiga ochiladigan Gʻalaba bogʻiga koʻchirildi.

Sovet Ittifoqining mudofaa sanoatida muhim rol oʻynagan V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya zavodining qahramonona mehnati haqida batafsil infografikamizda tanishing.  

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala