Jamiyat

Oʻzbekiston Tojikistonga koʻchma tibbiy konteynerlarni joʻnatdi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Tibbiy konteynerlar koronavirus pandemiyasi vaqtida koʻchma gospital sifatida foydalanish uchun moʻljallangan.

TOSHKENT, 8 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev zudlik bilan 144 dona koʻchma tibbiy konteynerni insonparvarlik yordami sifatida Tojikistonga yuborish haqida hukumatga topshiriq berdi, deb xabar beradi “Avesta” nashri.

Toshkent viloyati Oʻrtasaroy tumanida xorijlan kelgan fuqarolar uchun karantin hudud tashkil qilinmoqda. - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Maxsus karantin zonadan fotoreportaj

Bugun ertalab konteynerlar yuk poyezdi bilan Dushanbega yetkazib berildi.

Taʼkidlanishicha, konteynerlar koronavirus pandemiyasi vaqtida koʻchma gospital sifatida foydalanish uchun moʻljallangan.

Bemorlarni qabul qilish uchun yetarli joy boʻlmagan kasalxonalarga yordam berishi kerak. Konteynerda karavot, dush, sanuzel va konditsioner mavjud.

Konteynerlar “Bofanda” stadioniga yetkazib berish rejalashtirilmoqda, u yerda koʻchma shifoxona tashkil qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0