"Bizni umumiy umidlar birlashtiradi": Putin 9-may munosabati bilan chiqish qildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishVozdushniy parad Pobedi v Moskve
Vozdushniy parad Pobedi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti joriy yil qisqartirilgan formatda nishonlanayotgan G‘alabaning 75-yilligi kelgusida keng bayram qilinishini aytdi

TOShKENT, 9-may - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi Aleksandr bog‘ida Noma’lum askar qabriga qizil atirgullardan iborat guldastani qo‘yish marosimida ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

LIVE_SPUTNIK: Aviaparad v chest 75-letiya Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
Aviaparad: 75 ta samolyot va vertolot Qizil maydon oldidan uchib o‘tdi - video

"Bizni umumiy xotira va umumiy umidlar, bugun va kelajak uchun umumiy harakatlar va mas’uliyat birlashtirib turadi", - deb ta’kidladi davlat rahbari.

Nutqni tamomlagach, Putin bir daqiqalik sukut e’lon qildi va shundan so‘ng qahramon-shaharlar monumentlariga qizil chinnigullarni qo‘ydi.

Prezident, shuningdek, Rossiyada bu yil G‘alabaning 75-yilligi qisqartirilgan formatda o‘tayotgani bilan, kelgusida keng nishonlanadi, deya va’da berdi.

Joriy yilda 9-mayda Qizil maydonda va Rossiyaning barcha shaharlarida o‘tkaziladigan an’anaviy parad koronavirus pandemiyasi tufayli qoldirildi. Ammo aviatsiya paradlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0