Jamiyat

Germaniyada oʻzbek xalqining mard oʻgʻlonlari xotirasiga yodgorlik oʻrnatildi

© DunyoV Germanii ustanovili memorialnuyu dosku v chest uzbekskix voinov
V Germanii ustanovili memorialnuyu dosku v chest uzbekskix voinov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ikkinchi jahon urushi yillari “Shtalag 326” harbiy lageriga asirlar orasida 360 oʻzbekistonlik ham olib kelingandi.

TOSHKENT, 9 may — Sputnik. Oʻzbekistonning Berlindagi elchixonasi oʻzbek harbiylari xotirasiga yodgorlik oʻrnatdi. Bu haqda "Dunyo" nashri xabar qildi.

Shavkat Mirziyoyev pozdravil veteranov s prazdnikom - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqini Gʻalabaning 75 yilligi bilan tabrikladi

Yodgorlikning ochilish marosimida ishtirok etgan Detmold okrugining prezidenti Yudit Pirsher Ikkinchi Jahon urushida halok boʻlgan va jang qilganlarning xotirasini abadiylashtirish boʻyicha Oʻzbekistonda koʻrilayotgan chora-tadbirlarga yuqori baho berdi.

“Mamlakatda 9 mayni Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlash, urushda halok boʻlganlarning xotirasiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish yuksak hurmatga loyiqdir. Ikkinchi Jahon urushi yillarida, “Shtalag 326” harbiy lagerasiga olib kelingan asirlar orasida 360 nafar oʻzbekistonlik ham boʻlgan. Ularning xotirasini abadiylashtirish, oxirgi boshpanasini topish - bu juda ulugʻvor ish”, - dedi u.

© DunyoV Germanii ustanovili memorialnuyu dosku v chest uzbekskix voinov
Germaniyada oʻzbek xalqining mard oʻgʻlonlari xotirasiga yodgorlik oʻrnatildi - Sputnik Oʻzbekiston
V Germanii ustanovili memorialnuyu dosku v chest uzbekskix voinov

Oʻzbekiston elchixonasi "Shtalag 326" (Stalag 326 VI K Senne) lageri joyida tashkil etilgan muzey bilan  bilan hamkorligi tufayli Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya Shtukenbrok shahrida va mahalliy arxiv yordamida 1941-1945 yillarda asirga olingan oʻzbek askarlari bu yerga keltirilganligi toʻgʻrisida muhim maʼlumotlarni toʻplashga muvaffaq boʻlishdi.

Lagerga tushib qolgan 360 nafar oʻzbekistonliklardan 35 nafari "Shtukenbrok" harbiy qabristoniga dafn etilgan. 2018-2019 yillarda Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchixonasi tashabbusi bilan oʻtkazilgan materiallarni oʻrganish natijasida yana 20 nafar oʻzbekistonlik bu yerda dafn etilgani maʼlum boʻldi.

Arxivlarda baʼzilari toʻgʻrisida maʼlumotlar saqlanib qoldi: bular 1943 yil 5 mart kuni vafot etgan buxorolik Nurali Safarov, 1944 yil 9 iyul kuni vafot etgan Toshkent viloyatidan Abdurahmon Ruzmetov, 1943 yil 2 iyun kuni vafot etgan samarqandlik Musa Isayev, 1944 yil 24 iyulda vafot etgan toshkentlik Anarbay Mirzaaxmedov, 1943 yil 13 yanvarda vafot etgan buxorolik Safar Kamolov.

 

Yangiliklar lentasi
0