Dunyoda

Qirgʻiziston TIV Tojikiston elchisiga protest notasini topshirdi

© Foto : press-slujba MID KRChrezvыchaynыy i Polnomochnыy Posol Respubliki Tadjikistan v Kыrgыzskoy Respublike Nazirmada Alizoda
Chrezvыchaynыy i Polnomochnыy Posol Respubliki Tadjikistan v Kыrgыzskoy Respublike Nazirmada Alizoda - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston TIV Tojikiston harbiy xizmatchilari va fuqarolarining qirgʻiz-tojik chegarasidagi vaziyatni beqarorlashtirishga olib keladigan provokatsion harakatlaridan xavotir bildirdi.

TOSHKENT, 9 may — Sputnik. Qirgʻizistondagi Tojikiston elchisiga Qirgʻiziston harbiy xizmatchilari va fuqarolarini avtomatdan, shu jumladan minomyot qurolidan oʻqqa tutilishi munosabati bilan norozilik notasi topshirildi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston mamlakat TIVga asosan xabar qildi.

Pogranichnik na smotrovoy vыshke. Granitsa Kыrgыzstana - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tojik-qirgʻiz chegarasida mojaro yuz berdi

“9 may kuni Qirgʻizistondagi Tojikiston elchisi Nazirmad Alizoda tojik-qirgʻiz davlat chegarasi uchastkasida yuz bergan hodisa yuzasidan TIVga chaqirtirildi”, - deyilgan xabarda.

Qirgʻiziston harbiy xizmatchilar va fuqarolariga qarata oʻt ochilganligi sababli tojikistonlik diplomatga norozilik notasi topshirildi. Kuni kecha yuz bergan mojaroda chegara xizmatining uch xodimi va bir nafar fuqarosi yaralandi.

TIV tojikistonlik harbiylar va fuqarolarning qirgʻiz-tojik davlat chegarasidagi vaziyatni izdan chiqarishga olib keladigan provokatsion harakatlaridan xavotir bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala