Jamiyat

Sirdaryodagi toshqinda oqib ketgan Milliy gvardiya xodimi 15 km uzoqlikda sogʻ holda topildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovLikvidatsiya posledstviy CHS v Sardobinskom rayone Sыrdarinskoy oblasti
Likvidatsiya posledstviy CHS v Sardobinskom rayone Sыrdarinskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Kapitan Ibragimov hodisa joyidan 15 km uzoqlikda sogʻ holda topilgan, afsuski Hazrat Suyunovni qidirish ishlari hali oʻz natijasini bergani yoʻq.

TOSHKENT, 9 may — Sputnik. Sirdaryodagi toshqinda oqib ketgan Milliy gvardiya xodimi 15 km uzoqlikda sogʻ holda topildi, bu haqda Milliy gvardiya tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻlimi boshligʻi Toʻlqin Qodirov brifingda maʼlum qildi.

Vʼyezd v poselok Sardoba, postradavshiy ot navodneniya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Sardoba qanday hayotga qaytmoqda – maxsus reportaj

“Sirdaryo viloyatida joylashgan harbiy qism maxsus vazifalarni bajarish otryadi guruh komandiri kapitan Sanjar Ibragimov, maxsus vazifalarni bajaruvchi otryad guruh mutaxassisi oddiy askar Hazrat Suyunov, jangovar otryad muhandis-sapyor guruhi mutaxassisi 3-darajali serjant Husniddin Suyarov aholini evakuatsiya qilish tadbirlari jarayonida suv toshqinida oqib ketishgan”, - dedi u.

Qidiruv natijasiga koʻra, kapitan Ibragimov hodisa joyidan 15 km uzoqlikda sogʻ holda topilgan.

“Serjant Suyarovning jasadi 3 may kuni soat sakkizlarda Oqoltin tumani Ahillik qishlogʻi Kichik Bobur mahallasidan topilgan. Ming afsuski, oddiy askar Hazrat Suyunovni qidirish ishlari hali oʻz natijasini bergani yoʻq», – dedi Qodirov.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala