Jamiyat

Toshkentda Britaniya menejment universiteti ochiladi

© Sputnik / Vitaliy Bezrukix / Fotobankka oʻtishUchebnыy protsess
Uchebnыy protsess - Sputnik Oʻzbekiston
Universitetda oʻqitish Oʻzbekistonda amalda mavjud taʼlim shakllari hamda ingliz tilida toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi Toshkent shahridagi Britaniya menejment universiteti (Universitet) tashkil etiladi. Bu haqda Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.

Respublika iqtisodiyoti real sektori ehtiyojlarini hisobga olgan holda yuqori malakali oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash universitetning asosiy vazifalaridan biridir.

Universitetda oʻqitish Oʻzbekistonda amalda mavjud taʼlim shakllari hamda ingliz tilida toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Studentы na lektsii v vuze - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda xususiy tadbirkorlik universiteti tashkil etildi

Universitetda dastlabki bosqichda quyidagi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha talabalar qabul qilinadi:

- “Loyihalarni boshqarish”;

- “Logistika va yetkazib berish zanjirlarini boshqarish”;

- “Tadbirkorlik va innovatsiyalar”;

- “Xalqaro elektron tijorat”;

- “Raqamli iqtisodiyot”.

Universitetda taʼlim faoliyati 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi.

Bitiruvchilarga Oʻzbekistonda oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida eʼtirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala