Toshkentda Britaniya menejment universiteti ochiladi

© Sputnik / Vitaliy Bezrukix / Mediabankka o‘tishUchebniy protsess
Uchebniy protsess - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Universitetda o‘qitish O‘zbekistonda amalda mavjud ta’lim shakllari hamda ingliz tilida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

TOShKENT, 10-may — Sputnik. Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi Toshkent shahridagi Britaniya menejment universiteti (Universitet) tashkil etiladi. Bu haqda Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.

Respublika iqtisodiyoti real sektori ehtiyojlarini hisobga olgan holda yuqori malakali oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash universitetning asosiy vazifalaridan biridir.

Universitetda o‘qitish O‘zbekistonda amalda mavjud ta’lim shakllari hamda ingliz tilida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Studenti na leksii v vuze - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlik universiteti tashkil etildi

Universitetda dastlabki bosqichda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar qabul qilinadi:

- “Loyihalarni boshqarish”;

- “Logistika va yetkazib berish zanjirlarini boshqarish”;

- “Tadbirkorlik va innovatsiyalar”;

- “Xalqaro elektron tijorat”;

- “Raqamli iqtisodiyot”.

Universitetda ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.

Bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Yangiliklar lentasi
0