Uxanda uzoq muddatdan so‘ng yana COVID-19 holati aniqlandi

© REUTERS / CHINA DAILYLechenie patsiyentov v sentralnoy bolnitse goroda Uxan
Lechenie patsiyentov v sentralnoy bolnitse goroda Uxan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, uzoq vaqt davomida Uxanda kasallanish holati qayd etilmagan edi. Yangi bemor ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

TOShKENT, 10-may — Sputnik. Dunyoda COVID-19 tarqalishi markazi bo‘lgan Xitoyning Uxan shahrida koronavirus bilan kasallanishning yangi holati tasdiqlandi. Bu haqda RIA Novosti Xubey provinsiyasi sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha qo‘mitasiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, uzoq vaqt davomida Uxanda kasallanish holati qayd etilmagan edi. Yangi bemor og‘ir ahvolda.

Jiteli Uxanya yedut na parome cherez reku Yanszi - Sputnik O‘zbekiston
Uxan kasalxonalarida birorta ham COVID-19 bemori qolmadi

Bundan tashqari, o‘tgan sutkada Xubey provinsiyasida 17 ta alomatsiz koronavirus tashuvchilari aniqlangan.

Hozirda butun Xubey provinsiyasi bo‘ylab shifokorlar nazorati ostida 616 nafar alomatsiz virus tashuvchilari qolmoqda.

Epidemiya davomida Xubeyda 68 129 ta kasallanish (Uxanda – 50 334 ta) holati aniqlangan, 63 616 kishi (Uxanda – 46 464) tuzalgan, 4 513 ta (Uxanda – 3 869) o‘lim holati qayd etilgan.

2019 yil 31-dekabr kuni Xitoy hukumati Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga mamlakatning markaziy qismidagi Uxan shahrida (Xubey provinsiyasi) kelib chiqishi noma’lum pnevmoniya kasalligi avj olgani haqida xabar berdi. Mutaxassislar kasallikning qo‘zg‘atuvchisi yangi koronavirus ekanligini aniqladilar, keyinchalik u COVID-19 deb nomlandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoning 188 davlatida koronavirus bilan bog‘liq 4,1 milliondan ziyod holat etilgan. Shulardan qariyb 1,5 million kishi tuzalib ketgan. 280 mingdan ziyod kishi esa virus qurboniga aylangan.

Yangiliklar lentasi
0