Jamiyat

Janubiy Koreyadan Oʻzbekistonga 192 ming dollarlik insonparvarlik yuki joʻnatildi

© IA "Dunyo"V Uzbekistan otpravlen gumanitarnыy gruz iz Respubliki Koreya
V Uzbekistan otpravlen gumanitarnыy gruz iz Respubliki Koreya - Sputnik Oʻzbekiston
Insonparvarlik yordami Janubiy Koreyaning qator kompaniyalari, Shinxan universiteti hamda ushbu mamlakatda vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlar va oʻzbekistonlik talabalar tomonidan taqdim etildi.

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Oʻzbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi tomonidan koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro hamkorlik doirasida umumiy ogʻirligi 34 tonna boʻlgan insonparvarlik yuki shakllantirildi.

“10 may kuni umumiy qiymati 192 ming dollarga yaqin tibbiy vositalar shaklidagi navbatdagi insonparvarlik yuki ortilgan “Uzbekistan Airways” kompaniyasining maxsus samolyoti Seuldan Toshkentga uchib ketdi”, - deyiladi “Dunyo” AA xabarida.

Qimmatli yuk tarkibiga avtomatik boshqariladigan koʻp funktsiyali tibbiy karavot, antiseptik va dezinfektsiya vositalari, tibbiy niqoblar, inson immun tizimini mustahkamlashga xizmat qiladigan ozuqaviy qoʻshimchalar kiritilgan.

Gruppa uzbekskix vrachey otpravilas v Tadjikistan, chtobы pomoch v borbe s koronavirusnoy infektsiyey - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bir guruh tajribali shifokorlar Tojikistonga joʻnab ketdi

Qayd etilishicha, insonparvarlik yordami Janubiy Koreyaning “BOMI Engineering”, “LH Corporation”, “Evergreen Motors”, “Infinity Co., Ltd.” kompaniyalari, Shinxan universiteti hamda ushbu mamlakatda vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlar va oʻzbekistonlik talabalar tomonidan taqdim etilgan.

Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 13 aprel kuni Koreya prezidenti Mun Chje In bilan telefon orqali muloqoti chogʻida erishilgan kelishuv doirasida tashkil etilgan mazkur koʻmakning ogʻirligi 6,2 tonna boʻlgan birinchi qismi mamlakatga 26 aprel kuni olib kelingan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari hukumati COVID-19ga qarshi kurash uchun Oʻzbekistonga insonparvarlik yordamining ikkinchi qismini joʻnatgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala