Jamiyat

Oʻzbekiston fuqarolarini Hindiston va Koreyadan olib kelish uchun charter reys tashkil etadi

© Press-slujba MinzdravaV Tashkent priletel samolet s passajirami iz g. Uxan
V Tashkent priletel samolet s passajirami iz g. Uxan - Sputnik Oʻzbekiston
Taʼkidlanishicha, Minsk shahridan 150 nafar fuqarolar maxsus charter reys bilan Toshkentga olib kelingan.

TOSHKENT, 10 may — Sputnik.  Oʻzbekiston oʻz fuqarolarini Hindiston va Janubiy Koreyadan olib kelish uchun charter reys tashkil etadi. Bu haqda Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi xabar qilmoqda.

“10 may kuni “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi tomonidan Toshkent – Dehli – Toshkent havo yoʻnalishi orqali maxsus (charter) reys tashkil etiladi. Shuningdek, yana 10 may kuni Toshkent-Seul-Toshkent yoʻnalishida charter reys qoʻyilishi kutilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Belorussiyadagi vakili Abrorjon Rahmonovning maʼlum qilishicha, Minsk shahridan 150 nafar fuqarolar boʻlgan maxsus charter reys Toshkentga qarab uchgan.

Terminal prinyal pervыx passajirov, priletevshix reysom Uzbekskix avialiniy iz Seula v Tashkent. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
TIV: xorijdagi fuqarolarni qaytarish uchun yangi reyslar haqida maʼlumotga ega emasmiz

Taʼkidlanishicha, 8 may kuni ham BAAdan vatandoshlarni olib kelish uchun charter reys tashkil etilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7 may kungi videoselektor yigʻilishida Oʻzbekistonga qayta olmagan 11 mingga yaqin xorijdagi vatandoshlarni Rossiya, Turkiya, Dubay va boshqa joylardan olib kelinishini aytgan edi.

Eslatib oʻtamiz, aprel oyi oxirida Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi chet eldagi fuqarolar qaytishlari uchun yangi charter reyslar jadvali haqida maʼlumotga ega emasligini maʼlum qilgan edi.

Charter reyslarni tashkillashtirish toʻgʻrisida Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qilinishi va  ularning yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi xabar internet resurslarda eʼlon qilinishi taʼkidlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala