Siyosat

Ertadan Rossiyada dam olish kunlari tugatildi - Putin

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishVozdushnыy parad Pobedы v Moskve
Vozdushnыy parad Pobedы v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish tartibi 65 yoshdan katta boʻlgan va surunkali kasalliklarga ega odamlar uchun saqlanib qolinadi.

TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda 12 may sanasidan dam olish kunlari tugatilganini maʼlum qildi.

Brigada skoroy meditsinskoy pomoщi dostavila patsiyenta s podozreniyem na koronavirus v bolnitsu v Kommunarke - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada COVID-19dan oʻlim holatlari boshqa davlatlarga qaraganda 7,4 baravar past

"Ertadan, 12 maydan butun mamlakat va iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun dam olish kunlari yakunlanadi. Ammo pandemiyaga qarshi urush tugamaydi. Koronavirus xavfi hatto holat nisbatan koʻngildagidek boʻlgan hududlarda ham saqlanib qolmoqda", - dedi Putin.

Putinning soʻzlariga koʻra, koʻrilgan choralar cheklovlarni bosqichma-bosqich yumshatishga imkon beradi. Ammo yakuniy qaror baribir regionlarning oʻziga havola.

Rossiya yetakchisi koronavirus epidemiyasidan chiqish qisqa fursatda amalga oshmasligini, barcha sanitar talablarni saqlab qolish muhimligini tushuntirdi. Ommaviy tadbirlarga avvalgi kabi ruxsat yoʻq.

Oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish tartibi 65 yoshdan katta boʻlgan va surunkali kasalliklarga ega odamlar uchun saqlanib qolinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala