Facebook tasodifiy bo‘lmagan xatosi

Obuna bo‘lish
Facebook Reyxstagda o‘rnatilgan qizil bayroq rasmini ommaviy ravishda olib tashlaganligi uchun uzr so‘radi va buni "qoidabuzarliklarni avtomatlashtirilgan aniqlash vositalari" ishida xato deb bahona qildi.

Facebook Reyxstagda o‘rnatilgan qizil bayroq rasmini ommaviy ravishda olib tashlaganligi uchun uzr so‘radi va buni "qoidabuzarliklarni avtomatlashtirilgan aniqlash vositalari" ishida xato deb bahona qildi.

Sentralniy bank Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy Ikkinchi jahon urushi tarixi qayta ko‘chirilishiga qarshi chiqdi

Buni yomon niyat bilan qilingan deb tushuntirish istagi ham yo‘q emas. Ushbu versiya mamlakatimiz natsizmni ustidan g‘alaba qozonishdagi rolini odamlar hotirasidan o‘chirib tashlash orqali G‘arbning tarixni qayta yozishga bo‘lgan urinishlari holatida yanada ishonarli ko‘rinadi.

Biroq, bu holda ortda qolgan hufiyona siyosiy o‘yinlarni qidirish, ko‘rinishidan, ortiqcha. Yevgeniy Chaldeyning mashhur fotosuratini shunchaki "xavfli odamlar va tashkilotlarga nisbatan jamoat qoidalariga" zid ravishda blokirovka qilinishi bilan tushuntirish vaziyatning bema’niligini anglatadi. Keyinchalik tarqatilgan bahonalar faqatgina bu ijtimoiy tarmoq janjalga aralashib qolish niyati yo‘qligini tasdiqladi. To‘g‘ri, hamma narsani shunchaki tasodifga yo‘yish ham noto‘g‘ri bo‘lar edi: bu safar gap Facebook"ning anti-Rossiya siyosatida emas, balki dunyo ijtimoiy tarmoqlari o‘zlarini o‘z tuzog‘iga tushirganida.

Ijtimoiy tarmoqlarning o‘z fikrini erkin ifodalash va muloqot maydoni sifatidagi oltin davri juda qisqa bo‘lib chiqdi. Bu yerda cheklovlar va uzatilayotgan ma’lumotlarni cheklash va nazorat hozirda agressiv saraton o‘smasi tarqalish tezligi bilan o‘sib bordi va endilikda mutlaqo barcha sohalarni va yo‘nalishlarni qamrab olgan, to‘laqonli qat’iy senzuraga aylandi. Xususan, Facebook'ning eng tez-tez muhokama qilinadigan (va qoralanadigan) qoidalaridan biri bu taniqli nodir san’at asarlari bo‘lsa ham, yalang‘ochlikni taqiqlashdir. Ikki yil oldin, butun dunyo bo‘ylab ko‘tarilgan shov-shuv tufayli foydalanuvchilardan tosh asriga oid - Villiyendorflik Venera haykalchasini suratlarini chop etish uchun blokirovkani ochishga muvaffaq bo‘lindi. Ammo bir yil oldin Jeneva san’at muzeyi ko‘rgazmasining reklamasi uchun qadimiy haykallarning fotosuratlaridan foydalana olmaganini bartaraf etishga yordam bermadi. Siyosat haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Cheklovlar ostida ham rasmiy sabablarga asosan (masalan, taqiqlangan so‘zlar tufayli), ham umumiy mafkuraviy sabalarga asosan ham qolish mumkin. Bir hafta oldin Facebook'da "kremlparast" News Front axborot agentligining bir necha tillardagi akkauntlari o‘chirilib tashlandi. Biroq, bunday senzurada kompaniyaning faqatgina ongli irodasini ko‘rish xato bo‘ladi, chunki ko‘pchilik ushbu vositadan foydalanishni o‘rgandi.

Verxniy byef Farxadskoy gidroelektrostansii na reke Sirdarye. - Sputnik O‘zbekiston
Non va boshpana uchun - bilim, kanal va GESlar: chkalovchilarning mehnat jasoratlari

Tajriba yo‘li bilan ancha oldin aniqlandiki, ommaviy shikoyatlar ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarni avtomatik boshqarish algoritmining eng muhim qismi ekan. Agar siz har tomonlama mutlaqo aybsiz bo‘lgan habaringiz uchun jazolansangiz, demak, siz sizni yoqtirmaydiganlar hujumiga duchor bo‘lgansiz. Bunday holatlarda Facebook birinchi navbatda avtomatik ravishda chora ko‘radi va shundan keyingina - agar qo‘li tegsa va mutaxassis bu masalani xolis ko‘rib chiqsa - u mohiyatiga qiziqadi. Qo‘li yetib bormasligi ham mumkin, chunki ijtimoiy tarmoqlarda tarkibi tekshirilishi kerak bo‘lgan materiallar kundan-kunga o‘sib bormoqda. Foydalanuvchilarning asossiz jazolanishining hisobi bir necha mingdan oshayotgani ajablanarli emas.

Ehtimol, Reyxstag ustidagi G‘alaba Bayrog‘i rasmi holatida ham shunga o‘xshash holat yuz bergan: qandaydir Rossiyaga qarshi faollar ushbu rasm joylangan bir nechta postlar ustidan shikoyat shaklida jamoaviy hujum uyushtirishgan, natijada u mashina boshqarish algoritmiga tushib qoldi va shunga o‘xshash nashrlar avtomatik ravishda yo‘q qilina boshladi. Ammo, bu safar mavzu shu qadar keskin va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib qoldiki, Facebook shoshilinch ravishda haqoratlangan insoniyat oldida tushuntirish berishga majbur bo‘ldi. Bu yagona shu kabi holat emas.

Bir oy oldin Google YouTube'dan Kommunarkadagi shifoxona bosh shifokori Denis Protsenkoning intervyusi va rossiyaliklarga murojaat qilgan Vladimir Putinning murojaatini olib tashlashga haddi sig‘di. Videoning tiklanishi va xatoning tan olinishi bu qadam ongli ravishda amalga oshirilmaganidan dalolat beradi - shunchaki "nimadur noto‘g‘ri ketdi".

Veteran Velikoy Otechestvennoy voyni Grigoriy Antonovich Vakulishin - Sputnik O‘zbekiston
G‘arb OAVlari G‘alaba haqida 75-yil oldin va bugun qanday yozmoqda?

Demak, barcha bu holatlarda ba’zi fuqarolar (ehtimol rusofob qarashlarga ega) bizning mamlakatimizni ozgina mazhara qilishga qaror qilishdi va obro‘siga jiddiy zarar yetgan, ko‘p milliardli yirik korporatsiyalardan hufiyona muvaffaqiyatli foydalanishdi.

Facebook va Google endigina dunyoni zabt etayotgan paytda, ijtimoiy tarmoqlar insoniyatni kuchli davlat-usti nazoratiga oladi degan qarashlar mashhur bo‘lgan. Biroq, davlatlar IT-korporatsiyalarni o‘z talablarini bajarishga majbur qilishlari uchun yetarli imkoniyatlarga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi. Keyinchalik kompaniyalar uyushgan yoki juda baland "jamoaviy fikr" ostida yon bosishga majbur bo‘lganliklari ma’lum bo‘ldi. Mark Sukerberg har qanday va hatto to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarshi zid bo‘lgan ayblovlarga qarshi kurashishga vaqt topa olmay ham qolyapti, jumladan Kreml, Markaziy razvedka boshqarmasi va Xitoy manfaatlariga ishlash, Tramp va uning raqiblarini qo‘llab-quvvatlash, ayollarga nafrat va oq odamlarni kamsitish, ikkiyuzlamachilik va zino, endi esa - koronavirus vahimasini tarqatish va shu bilan birga Covid-dissidentlik.

Hatolik bilan yo‘q qilingan nashrlar bilan bog‘liq bo‘lgan bu janjallar muammoning boshqa tomonini ham ochib berdi, ya’ni hatto oddiy foydalanuvchilar ham o‘z manfaatlari yo‘lida hatto yirik kompaniyalarni hiyla-nayrang qilishga majburlashi va shu bilan jamoat muammolarini keltirib chiqarishlari mumkin ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu, aslida, bu masalada ularning qobiliyatsizligi va samarasizligining mutlaqo yovvoyi darajasini anglatadi.

Atigi qandaydir o‘n besh yil ichida ijtimoiy tarmoqlar to‘liq erkinlikdan qattiq avtoritar tuzumgacha o‘tdi, va bu tuzumda har tomonlama nazoratning tekkiz qurilgan konstruksiyasi o‘z yaratuvchilari boshiga tushishga tayyor turipti.

Yangiliklar lentasi
0