Xorijda boʻlib turgan 800dan ortiq oʻzbekistonlik vatanga qaytarildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribыl v Turtsiyu s vizitom
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribыl v Turtsiyu s vizitom - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish uchun charter reyslar tashkil qilingan. Bugun, 11 may kuni Frankfurt shahridan charter reys orqali yana 168 nafar oʻzbekistonlik kelishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 11 may - Sputnik. Dubay, Minsk, Seul va Dehli shahridan 800 nafardan ortiq oʻzbekistonliklar vatanga olib kelindi. Bu haqda TIV matbuot-xizmati xabar bermoqda.

V Tashkent priletel samolet s passajirami iz g. Uxan - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston fuqarolarini Hindiston va Koreyadan olib kelish uchun charter reys tashkil etadi

"Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga binoan 2020 yil 8-10 may kunlari Dubay, Minsk, Seul va Dehli shaharlaridan 800 nafardan ortiq hamyurtlarimiz charter reyslar orqali vatanimizga olib kelindi", - deyiladi xabarda.

Oʻzbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish uchun charter reyslar tashkil qilinganligi qoʻshimcha qilingan.

Shuningdek, bugun, 11 may kuni Frankfurt shahridan charter reys orqali 168 nafar oʻzbekistonlik kelishi kutilmoqda.

Taʼkidlanishicha, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston fuqarolarini boshqa davlatlardan vatanga qaytarish uchun aviareyslar tashkil etish boʻyicha ish olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston fuqarolari qaytib kelgandan keyin Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qatʼiy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala