Non va boshpana uchun - bilim, kanal va GESlar: chkalovchilarning mehnat jasoratlari

© Sputnik / Vladimir Pervensev / Mediabankka o‘tishVerxniy byef Farxadskoy gidroelektrostansii na reke Sirdarye.
Verxniy byef Farxadskoy gidroelektrostansii na reke Sirdarye. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentga evakuatsiya qilingan chkalovchi-aviasozlar Ikkinchi Jahon urushi paytida frontni aviatsiya bilan ta’minlabgina qolmay, balki O‘zbekiston hayotida ham faol ishtirok etganlar. Ular Sirdaryodagi Farhod GES va Shimoliy Toshkent kanali qurilishida yordam berishgan.

TOShKENT, 11-may - Sputnik. Toshkentda bo‘lgan birinchi kunlaridanoq, Ximkidan O‘rta Osiyoga yo‘lda shafqatsiz sinovlarni boshidan kechirgan zavod ishchilari o‘zbek xalqining samimiyligi va mehmondo‘stligini his qilishdi. Ular ushbu g‘amxo‘rlikka respublika farovonligi uchun o‘zlarining iltifoti va jasorati bilan javob berishdi.

Sovuq Moskvadan eshelonlar urushdan yiroqdagi ularni yaqinlari sifatida kutib olishgan hududlarga yetib kelishdi. Chkalovchilardan biri, muhandis A. Gordinskiy "Sharq yulduzi" jurnalida chop etilgan qaydlarida shunday eslaydi.

"Ko‘pchilik vagondan tushishi bilanoq to‘g‘ri o‘zbek oilalariga tushishgan. Ular bizga boshpana berdi va o‘zlarida bor narsa bilan bo‘lishdilar. Bu yerdagilar bizning ishchilarimiz, muhandislarimiz, hizmatchilarimiz, ularning oilalari o‘z tug‘ilib o‘sgan joylaridan, mulklaridan, uy-joylaridan ayrilganlarini tushunishgan. Bu yerdagilar biz Toshkentga mamlakatimiz uchun zarur ish uchun kelganimizni tushunishgan... Ko‘pchilik toshkentliklar, hatto katta oilalar ham, uylarida bir nechta xona bo‘lsa, bitta yoki hatto ikkitasini ham bo‘shatib berishgan".

T.M. Galustan, zavod tibbiy qismi boshlig‘i shunday eslaydi: "Aholini haddan ortib ketishi, evakuatsiya qilinganlarning katta oqimi Toshkentning tibbiy xizmatini kuchaytirilishini talab qildi. Epidemiya xavfi maktablarning bir qismini kasalxonalarga berishga majbur qildi. Bizga esa shahar hukumati tibbiy statsionar uchun Semashko nomidagi poliklinikani va bitta maktabni berdi. Shuningdek, shahar xokimiyati tibbiy xodimlar, dori-darmon va jihozlar bilan ta’minlashni ham o‘z zimmamizga oldi”.

Zavodni kutib olishga tayyorgarlik

Shahar kengashi va Oktabr tumani kengashi shoshilinch ravishda katta fabrika-oshxona tashkil etish uchun zavod yaqinidagi yana bir maktabni taqdim etdilar. Mahsulotlar shahar atrofidagi kolxozlardan keltirilgan. Sabzavotlar, mevalar va go‘shtni olib keltirib turgan bir nechta "Qizil karvonlar" tashkil etilgan. Aviasozlar uchun hatto parhez taomlari va qandolatchilik mahsulotlari ham tayyorlangan.

Bugungi kunda ma’lumki, Toshkent aviasozlarning birinchi eshonlari kelishidan ancha oldin uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rgan. 1941-yil 19-oktabrda Oktabr tumani partiya qo‘mitasining qarorida quyidagicha yozilgan:

"Qurol-yarog‘ ishlab chiqarishda aviatsion zavodning alohida ahamiyatini hisobga olgan holda, tuman kengashi qo‘mitasi burosi zimmasiga zavodning xo‘jalik-sanoat, maishiy va madaniy masalalarini hal qilishda doimiy yordam ko‘rsatish yuklatilsin... 1942-yil yanvar oyi davomida zavod ishchilariga kamida 500ta kvartira topshirilsin, doimiy ravishda mehnatkashlar orasida leksiyalari va boshqa madaniy tadbirlar o‘tkazilsin".

© Predostavleno muzeyem TMZPredsedatel Verxovnogo Soveta Uzbekskoy SSR Yu.Axunbabayev i Perviy sekretar SK KP (b) Uzbekistana U.Yusupov
Non va boshpana uchun - bilim, kanal va GESlar: chkalovchilarning mehnat jasoratlari - Sputnik O‘zbekiston
Predsedatel Verxovnogo Soveta Uzbekskoy SSR Yu.Axunbabayev i Perviy sekretar SK KP (b) Uzbekistana U.Yusupov

Maktablar tez fursatda yotoqxonalarga qayta jihozlandi. Oktabr tumani ijroiya qo‘mitasi bo‘limida butun uy-joy fondi hisobga olindi, aviasozlarning joylashlashtiriluvi belgilandi. O‘sha kunlarda shahar aholisi Kengash ijroiya qo‘mitasiga kelib, chkalovchilarni o‘z uylariga joylashtirishni taklif qilishgan. Shu tariqa, etikdo‘z T.Bekhonov oilasi elektr sexi konstruktori, keyinchalik fuzelyaj sexining dispetcheri F.I.Babushkinni qarindoshlarcha o‘z uyiga qabul qildi. Uy egalari har kuni mehmonga kechqurunga ovqat qoldirganlar, shunda u kechqurun ishdan qaytgach, kechki ovqat haqida tashvishlanmas edi. Ular uy-joy va ovqat uchun har qanday haq haqida eshitishni ham xohlamaganlar. Bu kabi misollar minglab.

O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi Usmon Yusupov va O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisi Yo‘ldosh Oxunboboyev zavod Toshkentga kelgan dastlabki kunlaridanoq aviasozlar jamoasiga doimiy e’tibor berib keldilar. Ularning o‘zlari va respublikaning boshqa partiya va hukumat rahbarlari tez-tez sexlarga tashrif buyurib, ishchilar bilan suhbatlashdilar va chkalovchilarning moddiy-texnik ta’minoti va madaniy-maishiy sharoitlarini yaxshilashga yordam berdilar.

Ibrat namunasi

Ishlab chiqarish o‘sib kengaydi. Yanada ko‘proq ishchi kuchi talab qilinar edi. Zavodga mahalliy aholi ham kela boshladi. Ularga ular uchun yangi mutaxassisliklar o‘qitilishi kerak edi. Birinchi navbatda parchinlovchilar, revolverchilar, payvandchilar, misgarlar va yig‘uvchilar kerak edi.

© Predostavleno muzeyem TMZPodgotovka k pokraske samoleta na zavode TAPOiCh
Non va boshpana uchun - bilim, kanal va GESlar: chkalovchilarning mehnat jasoratlari - Sputnik O‘zbekiston
Podgotovka k pokraske samoleta na zavode TAPOiCh

Tajribali "ximkiliklar" o‘qituvchi va murabbiy bo‘ldi. S.M.Yegorov D.M.Matushkin, V.F.Toropilkina, V.I.Kirillin, B.C.Letunov va ko‘plab boshqalar o‘z bilimlari, ko‘nikmalari va tajribalarini cheklangan vaqtda berish uchun sabr-toqat va qat’iyatlilik ko‘rsatdilar. Biroq, yangi shogirdlarni o‘qitishda ba’zi qiyinchiliklar vujudga keldi. Nazariyani o‘kitishga joy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishga ustahonalar bo‘lmagan.

Shu munosabat bilan ishlab chiqarish ustaxonalarini tashkil etish uchun aloqa texnikumi binolari zavodga topshirildi. Birinchi oylarning o‘zida bir necha ming kishi o‘qitildi va ish bilan ta’minlandi. Toshkentdagi faoliyatning birinchi yilida aviasozlar jamoasi tarkibida 1700 mahalliy ishchi, shu jumladan, 400 ga yaqin ayollar keldi. Aynan shu paytda zavodga I.Akmalov, T.Qosimov, U.Nuritdinov, Sh.Usmanxodjayev, S.Botirovlar keldi.

© Predostavleno muzeyem TMZV.A. Ismailov- lider molodejnoy brigadi, nagrajden ordenom Otechestvennoy voyni pervoy stepeni. Klepalshitsa M.Aliyeva v godi voyni (1)
Non va boshpana uchun - bilim, kanal va GESlar: chkalovchilarning mehnat jasoratlari - Sputnik O‘zbekiston
V.A. Ismailov- lider molodejnoy brigadi, nagrajden ordenom Otechestvennoy voyni pervoy stepeni. Klepalshitsa M.Aliyeva v godi voyni (1)

Yosh o‘zbekistonlik yigit Vadim Ismoilov zavodda eng yuqori natijaga erishgan brigadani tashkil etdi. Bu brigada 1944-yil aprelida u meyorni 241 foizga oshirib, front brigadasi faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi. Urush mobaynida ushbu brigada 13-marta mudofaa zavodlarining front brigadalari o‘rtasidagi musobaqalarda g‘olib deb topilgan. 1945-yilda Ismoilov birinchi darajali Vatan urushi jangovar ordeni bilan taqdirlandi.

B.Bektashev, P.Volf, N.Efimov, A.Popovlarning birinchi front brigadalari jamolariga mehnat qahramonlari sifatida qaralgan. Ular tenglashishga, ulardan o‘rganishga, ularga taqlid qilishga intilishgan.

O‘nlab yillar o‘tgach zavodda, front brigadalarida ish boshlanganlarning avlodlari ishlashni davom ettirishdi. Masalan, Rasulovlar oilasi: otasi birinchi o‘zbek ishchilaridan biri bo‘lgan, urushdan keyin esa uning o‘n olti qarindoshi zavodda ishladi.

G‘amho‘rlikka javoban

O‘zbekiston zaminida aviatsion zavodining tashkil etilishi respublika uchun muhim voqea bo‘lgan. Sanoat salohiyati rivojlanishi bilan yosh milliy kadrlar tarbiyalanib bordi. Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish joylarida o‘qishdi, Ximkilik ishchilarining tajribasini o‘rganishdi.

Aviasozlar yangi do‘stlariga yordam berish uchun har tomonlama harakat qildilar. Frontda nafaqat samolyotlar, balki non, paxta, guruch, yog‘ kerakligini tushungan, chkalovchilar O‘zbekiston xalqining tashvishlariga javoban traktorlar va boshqa qishloq xo‘jalik texnikalarini ta’mirladilar. Shuningdek qishloq aholisi uchun, yuz minglab mahkamlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarilgan.

Zavod Shimoliy Toshkent kanali quruvchilariga katta yordam berdi. Ular uchun 500 ta kirka va lopatka, 300 ta lom yasaldi, avtomobillar ta’mirlandi. Bularning barchasi jamoaning aql bovar qilmaydigan sa’y-harakatlari jangovar samolyotlar ishlab chiqarishga qaratilgan bir paytda amalga oshirildi. Faol ishtiroki va ko‘rsatilgan yordami uchun Shimoliy Toshkent kanalining tuman shtabi zavod xodimlariga Qizil Bayroq topshirdi.

© Wikipedia / CC BY-SA 3.0Severniy Tashkentskiy kanal
Non va boshpana uchun - bilim, kanal va GESlar: chkalovchilarning mehnat jasoratlari - Sputnik O‘zbekiston
Severniy Tashkentskiy kanal

Toshkent va Toshkent viloyatiga ko‘plab evakuatsiya qilingan korxonalarning ko‘chirilishi, yangilarining qurilishi va mavjudlarini rekonstruksiya qilinishi elektr energiyasiga bo‘lgan talabni bir necha bor oshirdi. Shu bilan butun Toshkent sanoat bog‘lanmasini elektrenergiya bilan ta’minlash uchun beshta gidroelektrostansiyani, shu jumladan Sirdaryodagi Farhod GESini, foydalanishga topshirishga qaror qilindi.

© Sputnik / A. Gorachev / Mediabankka o‘tishGolovnoe soorujenie Farxadskoy gidroelektrostansii (GES).
Non va boshpana uchun - bilim, kanal va GESlar: chkalovchilarning mehnat jasoratlari - Sputnik O‘zbekiston
Golovnoe soorujenie Farxadskoy gidroelektrostansii (GES).

Aviasozlar, boshqa korxonalar qatori, bu ishga faol qo‘shilishdi. GES quruvchilariga zarur materiallar, asboblar, xo‘jalik jihozlari yuborildi, ular uchun uskunalar ta’mirlandi, zarur qismlar tayyorlandi. Ishchi kuchi bilan ham yordam berildi.

Zavod ishchilari orasida Ulug‘ Vatan urushi frontlari janglarida bevosita qatnashgan  va keyin jonajon zavodiga qaytganlar ham bo‘lgan. Ular ko‘p bo‘lgan. Ular orasida modelchi I.P.Kuznetsov, bo‘yoqchi M.I.Panchuk, nazorat ustasi M.A.Kozlov, tokar P.D.Lebedev, sex nazoratchisi G.N.Avakov, charxlovchi S.M.Afonchikov, usta A.Ya.Yarulin, nazorat ustasi G.N.Polshin, shturman V.V.Demagin. Ularning barchasi jangovar orden va medallar bilan taqdirlangan.

Ko‘plab chkalovchilar frontda dala sharoitlarida buzilgan samolyotlarni ta’mirlashgan.

Yangiliklar lentasi
0