Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirus: bugungi kun asosiy xabarlari

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishLaboratoriya "Invitro" nachala testirovaniye na koronavirusnuyu infektsiyu
Laboratoriya Invitro nachala testirovaniye na koronavirusnuyu infektsiyu  - Sputnik Oʻzbekiston
Bir sutka davomida Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 35 taga koʻpaygan boʻlsa, 101 kishi sogʻaydi. Davolanish koʻrsatkichi 80 foizga yetdi.

TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Bugun, 11 may soat 16:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 2482 nafarni tashkil qilmoqda.

 Sotrudnik Afganskoy natsionalnoy slujbы zakupok vo vremya dezinfektsii ulits v Kabule, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston
COVID-19: Oʻzbekiston va dunyoda koronavirus statistikasi

Oʻzbekiston MDH davlatlar orasida bemorlar soni boʻyicha 8-chi oʻrinda.

Tuzalish dinamikasi

Oʻzbekistonda koronavirusdan toʻliq tuzalganlar soni - 1982 nafarga yetdi. Davolanish koʻrsatkichi 80 foizga yetdi.

Bugunning oʻzida 101 bemor  sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Xususan Toshkent shahri (36), Buxoro (23), Samarqand (14), Fargʻona (11) va Sirdaryo (1) viloyatlari. 

Kasallikning yangi oʻchogʻi

Respublika maxsus komissiyasi joriy yilning 9 va 11 may kunlari Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida kornavirus bilan kasallanishning yangi oʻchoqlari yuzaga kelgani, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi takliflarini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasining qarorlariga muvofiq, Navoiy viloyatining boshqa shahar va tumanlari toifasiga oʻzgartirish kiritmagan holda “Sariq” toifada boʻlgan Zarafshon shahri “Qizil” toifadagi hududga oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qilindi.

Unga koʻra, koronavirus infektsiyasining tarqalishi bilan bogʻliq epidemiologik holatdan kelib chiqib, “qizil” toifadagi hudud uchun muayyan faoliyat turlari yuzasidan belgilangan cheklovlar Zarafshon shahrida vaziyat (kamida 14 kun davomida) barqarorlashgunga qadar saqlanib qoladi.

Dunyo boʻylab tarqalishi

COVID-19 dunyoning deyarli barcha davlatlarga yetib bordi. BSSTning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 3,9 million ziyod kishi yangi koronavirus infektsiyasini yuqtirib oldi, 274 ming kishi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala