Putin regionlarda cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha tavsiyalarni tayyorlashni buyurdi

Obuna bo‘lish
Aprel oyi oxirida Rossiya yetakchisi fuqarolarga murojaat qilib, dam olish kunlarini - bayram kunlarini hisobga olgan taqdirda 11-mayga qadar uzaytirgan edi

TOShKENT, 11-may — Sputnik. Vladimir Putin vazirlar mahkamasiga va Davlat kengashiga 12-mayga qadar regionlarda koronavirus tufayli e’lon qilingan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilish bo‘yicha tavsiyalarni tayyorlashni buyurdi.

Vstrecha: Vladimir Putin i Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Mirziyoyev koronavirus pandemiyasi atrofidagi vaziyatni muhokama qildi

Tegishli farmoyishlar Kreml saytida e’lon qilingan.

Bundan tashqari, 1-iyunga kelib hukumat "aholi bandligini va daromadini tiklash, iqtisodni rivojlantirish va uzoq muddatli tuzilmaviy o‘zgarishlar bo‘yicha" umummilliy harakatlar rejasini ishlab chiqishi lozim.

Shuningdek, Rossiya prezidenti bugun majlis o‘tkazishi va yig‘ilishda mamlakatda koronavirus tarqalishi munosabati bilan dam olish kunlarini uzaytirish masalasini ko‘rib chiqishi kutilmoqda.

Bu haqda RIA Novostiga prezident matbuot-kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Aprel oyi oxirida Rossiya yetakchisi fuqarolarga murojaat qilib, dam olish kunlarini - bayram kunlarini hisobga olgan taqdirda 11-mayga qadar uzaytirgan edi.

Vid na zdaniya moskovskogo mejdunarodnogo delovogo sentra Moskva-Siti so smotrovoy ploshadki na Vorobyevix gorax v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskva koronavirus holati bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirdi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada COVID-19ga chalinganlik bo‘yicha 209 mingdan ziyod holat kuzatilmoqda, 34 ming bemor sog‘aygan, 1915 kishi vafot etgan. Moskva va aksariyat regionlarda umumiy o‘z-o‘zini yakkalash tartibi amal qilmoqda: poytaxtda bu rejim 31-mayga qadar uzaytirildi.

Bundan tashqari, aholi jamoat transporti, do‘kon va ishdaligida qo‘lqop va niqobdan foydalanishi shart etib belgilandi. Shunday choralar boshqa qator regionlarda ham amal qilmoqda.

Hukumat fuqarolarni zaruratsiz uydan chiqmaslikka, gigiyena qoidalariga amal qilishga, ko‘chada va jamoat joylarida kamida bir yarim metrlik ijtimoiy masofani saqlashga chaqirib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0