Dunyoda

Hindistonda COVID-19 ga qarshi antitanachalarni tezlikda aniqlaydigan analiz yaratildi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishGospital COVID-19 FKTS VMT FMBA RF
Gospital COVID-19 FKTS VMT FMBA RF - Sputnik Oʻzbekiston
Hind hukumati koronavirusga antitanachalarni aniqlash boʻyicha xitoy testlaridan voz kechmoqda. Hind hukumati maʼlumotlariga koʻra, xitoy testlari ular kutgan taʼsirchanlikni bera olmagan. Xitoy hindlarning ushbu bayonotini rad etdi.

TOSHKENT, 11 may - Sputnik. Hindiston virusologiya instituti organizmda SARS-CoV-2 koronavirusi infektsiyasiga qarshi antitanachalarni aniqlaydigan analizni ishlab chiqdi, deb xabar bermoqda Sputnik radiosi.

Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Koronavirus +30 °S issiqda infektsion faolligini yoʻqotadi - Rospotrebnadzor

Taʼkidlanishicha, Hindistonda ishlab chiqilgan tahlillar qon namunalarida mavjud immunoglobulinlarni aniqlashga qodir ekan.

"Bu komplekt Mumbayning 2ta uchastkasida sinovdan oʻtkazildi va u yuqori aniqlilik hamda yuqori taʼsirchanlikka ega. Bundan tashqari, uning afzalligi shundaki, u bir vaqtning oʻzida 2,5 soat ichida 90ta namunani testdan oʻtkazishi mumkin va tibbiyot xodimlariga bemorlarni ajratish boʻyicha zarur ishlarni tezlikda amalga oshirish imkonini beradi". - deb yozgan sogʻliqni saqlash vaziri Xarsh Vardxan Twitterda.

U shuningdek, testlarni ommaviy ishlab chiqish boʻyicha texnologiyalar farmatsevtik kompaniyalarga topshirilgani, dorilarni nazorat qilish boʻyicha bosh boshqarma kompaniyalarga ularni ishlab chiqish boʻyicha ruxsatnoma taqdim etganini qoʻshimcha qildi.

Sotrudnik laboratorii upakovыvayet biomaterial, sobrannыy dlya analiza na koronavirus - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Karantindan soʻng koronavirusning ikkinchi toʻlqini kuzatilishi mumkinmi?

Hind hukumati koronavirusga antitanachalarni aniqlash boʻyicha xitoy testlaridan voz kechmoqda. Hind hukumati maʼlumotlariga koʻra, xitoy testlari ular kutgan taʼsirchanlikni bera olmagan. Xitoy hindlarning ushbu bayonotini rad etdi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 67,1 mingdan oshgan, shu jumladan 20,9 ming kishi sogʻaygan, 2206 kishi vafot etgan.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirusi infektsiyasi tarqalishini pandemiya, deb eʼlon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala