Jamiyat

9 may "Xotira va Qadrlash kuni"ni "Gʻalaba va Xotira kuni"ga oʻzgartirish taklif etildi

Soʻnggi yillarda 9 may arafasida "Gʻalaba kuni"ni nishonlashga avvalgi yillarga nisbatan ishtiyoq, munosabat oʻzgardi, deb hisoblaydi petitsiya muallifi

TOSHKENT, 12 may - Sputnik. "Mening fikrim" jamoaviy murojaatlar portaliga "9 may – Xotira va Qadrlash kunini" "Gʻalaba va Xotira kuni"ga oʻzgartirish haqida"gi petitsiya joylashtirildi.

Umumiy Gʻalaba 9 may MDH davlatlarida qanday kutib olindi - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Umumiy Gʻalaba: 9 may MDH davlatlarida qanday kutib olindi - video

"Soʻnggi yillarda yurtimizda boʻlayotgan ijobiy oʻzgarishlar, milliy urf-odatlar va qadriyatlarimizning ulugʻlanishi har birimizni xursand qilmasdan qolmaydi. Xususan, “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi nomining qayta tiklanishi, “Shomahmudovlar oilasi” haykalining joyiga qaytarilishi va shu kabi boshqa ezgu ishlar qadriyatlarimiz va tariximizga boʻlgan katta eʼtibordan darak beradi”, deyiladi murojaatda. Qayd etilishicha, ikkinchi jahon urushi frontlariga Oʻzbekistondan 1 mln 430 ming nafardan ziyod kishi safarbar etilgan boʻlib, bu oʻsha paytdagi Oʻzbekiston aholisi (6,5 mln)ning 22 foizi urushda qatnashganligidan dalolat beradi. 

Bundan tashqari, front ortida beshikdagi goʻdakdan boshqa barcha fashizmni yengishda astoydil harakat qilgan. Shuning uchun, fashizm ustidan gʻalaba qozonishda ularning jasorati beqiyosdir. Soʻnggi yillarda 9 may arafasida "Gʻalaba kuni"ni nishonlashga avvalgi yillarga nisbatan ishtiyoq, munosabat oʻzgardi: xususan, harbiylarning koʻrgazmali chiqishlari, harbiy paradlar va turli tadbirlar misolida.

Yuqorida keltirilganlarni hisobga olgan holda, 9 may Xotira va Qadrlash kuni nomini “Gʻalaba va Xotira kuni”ga oʻzgartirishni taklif qilamiz", deyiladi murojaat soʻngida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala