Rossiyadan O‘zbekistonga qaytish uchun charter reyslarga ro‘yxatdan o‘tish tartibi e’lon qilindi

© Posolstvo respubliki v RFChast zastravshix v aeroportu Vnukovo uzbekistansev razmestili v obshejitii
Chast zastravshix v aeroportu Vnukovo uzbekistansev razmestili v obshejitii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarga ko‘ra, charter reyslarda eng avvalo bemorlar, homilador ayollar, keksalar va yosh bolalilar olib kelinadi.

TOShKENT, 12-may - Sputnik. Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga qaytish uchun charter reyslarga ro‘yxatdan o‘tish tartibi e’lon qilindi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribil v Tursiyu s vizitom - Sputnik O‘zbekiston
Xorijda bo‘lib turgan 800dan ortiq o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Xabarga ko‘ra, Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolari avvalo charter reyslar uchun ro‘yxatdan o‘tishi va o‘z navbatini kutishi kerak. Charter reys tashkil qilinganda elchixona xodimlari navbat bo‘yicha har bir fuqaro bilan bog‘lanadi.

Charter reyslarda eng avvalo bemorlar, homilador ayollar, keksalar va yosh bolalilar olib kelinadi.

Fuqarolar charter reyslarga uch xil tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin:

1. Charter reyslarga ro‘yxatdan o‘tish formasini to‘ldirish orqali.

2. O‘zbekistonning Rossiyadagi konsullik muassasalari tomonidan tashkil qilingan quyidagi Telegram manzillariga ma’lumot yuborish orqali: @UzKoRusCharts1.

3. O‘zbekistonning Rossiyadagi konsullik muassasalariga qo‘ng‘iroq qilib bog‘lanish orqali.

Call-markaz: +7 499 230-00-76; +7 499 238-36-20;

Konsullikning tezkor shtab raqamlari: +79778061677; +79778061274; +79778061655; +79778061273.

Yangiliklar lentasi
0