Siyosat

SHHT mamlakatlari koronavirus pandemiyasi sharoitidagi hamkorlikni muhokama qiladilar

© AP PhotoFlagi stran-uchastnits SHOS
Flagi stran-uchastnits SHOS - Sputnik Oʻzbekiston
Shuningdek, SHHT tomonidan Afgʻonistondagi siyosiy vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilishga koʻmaklashish masalalari ham alohida koʻrib chiqiladi

TOSHKENT, 12 may - Sputnik. Ertaga 13-may kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining videokonferentsiya shaklidagi uchrashvida ishtirok etadi.

SHHT tashqi siyosat idoralari rahbarlari tashkilot doirasidagi boʻlajak tadbirlarga tayyorgarlikning borishini muhokama qiladilar, yangi koronavirus infektsiyasi (COVID-19) pandemiyasi sharoitidagi hamkorlikning holati va istiqbollari boʻyicha fikr almashadilar.

Shuningdek, SHHT tomonidan Afgʻonistondagi siyosiy vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilishga koʻmaklashish masalalari ham alohida koʻrib chiqiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala