Sirdaryodagi toshqindan zarar ko‘rgan uylarda gaz ta’minoti to‘liq tiklandi

© Press-slujba MinenergoNa meste ChS v Sirdarinskoy oblasti vozobnovlyayetsya podacha gaza
Na meste ChS v Sirdarinskoy oblasti vozobnovlyayetsya podacha gaza - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunga qadar 8 850 ta uyga gaz ta’minoti to‘liq tiklandi, yana 5 195 ta xonadon suyultirilgan gaz bilan ta’minlandi.

TOShKENT, 12-may — Sputnik. Sirdaryo viloyati tumanlarida suv toshqini oqibatida uzilgan gaz ta’minotini tiklash bo‘yicha Energetika vazirligi va "Sirdaryo hududgaz" MChJ tomonidan maxsus shtab tashkil etildi.

Voyennoslujashie vozvrashayut dengi i dragotsennosti, kotorie bili uterani vo vremya navodneniya - Sputnik O‘zbekiston
Sirdaryoda topilgan tilla va pullar o‘z egalariga qaytarilmoqda

Bugungi kunga qadar 8 850 ta uyga gaz ta’minoti to‘liq tiklandi. Ulardan Oqoltin tumanida 3950 ta, Sardoba 3100 ta, Mirzaobod tumanida 1800 tasi joylashgan.

Bundan tashqari, 5 195 xonadon suyultirilgan gaz bilan ta’minlandi, shu jumladan Sardobada 2195, Oqoltin 1224, Mirzaobod tumanlarida 1776.

Talafot oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0