"Super-odamlar": biolog COVID-19ga immunitetning shakllanishini tushuntirdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishEkspress-diagnostika na antitela k koronavirusu v klinike Hadassah Medical Moscow v Skolkovo
Ekspress-diagnostika na antitela k koronavirusu v klinike Hadassah Medical Moscow v Skolkovo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuchli va davomiy immunitet koronavirus bilan og‘rigan bemorlarning faqat 7-8 foizidagina shakllanadi, ko‘pincha eng barqaror immunitet aynan kasallikning og‘ir shakli bilan og‘rib chiqqanlarda bo‘ladi.

TOShKENT, 12-may - Sputnik. Kuchli va davomiy immunitet koronavirus bilan og‘rigan bemorlarning faqat 7-8 foizidagina shakllanadi, ko‘pincha eng barqaror immunitet aynan kasallikning og‘ir shakli bilan og‘rib chiqqanlarda bo‘ladi. Bu haqda RIA Novostiga biologiya fanlari doktori, AQShdagi GMU tizimli biologiya Maktabi professori Ancha Baranova aytib o‘tdi.

Flagi stran-uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston
ShHT mamlakatlari koronavirus pandemiyasi sharoitidagi hamkorlikni muhokama qiladilar

"Bizda shunday kasallanganlar borki, ularda isitma va yo‘tal bo‘lgan, ammo ularda koronavirusga qarshi antitanachalar mavjud emas (bunday bemorlar yetti-sakkiz foizni tashkil etadi). Bu, ular interferonlar yordamida kasallikdan halos bo‘lganini anglatadi, bu interferonlar odam tanasida virusga javoban ishlab chiqiladi. Bu holda interferonlar kasallikni o‘zlari yengadi, antitanachalar esa paydo bo‘lmaydi, shuning uchun bu bemorlarda COVID-19ga immuniteti yo‘q", - dedi Baranova. Bu guruhdan farqli o‘laroq antitanachalarining yuqori miqdori va yahshi immunitetga ega odamlar ham 7-8% ni tashkil qiladi.

"Bizda juda kuchli immun javobga ega bo‘lgan super-odamlar bor, ularning antitanachalari kovalessent plazmasi bilan boshqa odamlarni davolash uchun ishlatilishi mumkin", - dedi biolog.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ikkala guruh o‘rtasida COVID-19dan davolanib chiqqanlar joylashgan. Ularda turli xil quvvatdagi koronavirusga qarshi immunitet vujudga kelishi mumkin, ammo 40%da u juda zaifdir.

Ba’zi davolanib chiqqanlarda antitanachalar darajasi, ya’ni immunitet bir oy ichida sezilarli darajada pasayadi. Baranova ta’kidlashicha, ushbu odamlar guruhida qayta yuqtirish xavfi bor.

"Olimlar shuni aniqladilarki, COVID-19ning og‘ir shaklini boshdan kechirgan katta yoshdagi odamlarda immunitet kuchliroq", - dedi mutaxassis.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ma’lumotlar Shanxay tibbiyot markazida va boshqa bir qator ilmiy muassasalarda olingan.

BSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda to‘rt milliondan ortiq odam koronavirus bilan kasallandi, ulardan 279 mingga yaqini vafot etgan va bir milliondan ortig‘i davo topdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada 221 mingga yaqin odamda COVID-19 aniqlangan, 39 ming kishi davolandi, 2009 nafar kasallangan vafot etdi.

O‘zbekistonda kasallanganlar soni 2509 kishini tashkil etadi. 1988 kishi davolanib chiqdi. 10 kishi vafot etdi. 511 kishi davolanmoqda.

Oldinroq Sputnik koronavirus infeksiyasining tibbiyot mutaxassislari orasida tarqalishiga olib keluvchi omillar haqida xabar bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0