TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Toshkent shahar IIBB poytaxtda kuchli shamol boʻlishi haqida ogohlantirdi.
“Mulkingizga ziyon yetishini oldini olish uchun daraxtlar tagida va reklama ustunlari yaqinida qoldirgan avtomobillaringizni xavfsizroq joyga qoʻyishingizni soʻraymiz. Derazalarni mahkam yoping. Tashqi tokchadan gultuvaklar va boshqa buyumlarni olishingizni tavsiya etamiz. Elektr bilan bogʻliq uzilishlar yuzaga kelgan taqdirda, maishiy elektr uskunalaringizni elektr tarmogʻidan uzib qoʻying”, - deyilgan xabarda.