Hodisalar

Buxoroda traktor tirkamasi ostida qolib ketgan ikki ayol halok boʻldi

© Press-slujba GUBDD MVD UzbekistanaV Buxarskoy oblasti pritsep traktora oprokinulsya v kanal: dve jenщinы pogibli
V Buxarskoy oblasti pritsep traktora oprokinulsya v kanal: dve jenщinы pogibli - Sputnik Oʻzbekiston
Traktor haydovchisi transport vositalari harakati uchun moʻljallanmagan choʻl hududidan harakatlanib ketayotgan vaqtda traktor tirkamasi sirpanib zovurga agʻdarilgan.

TOSHKENT, 13 may — Sputnik. Buxoro viloyati Romiton tumanida traktor tirkamasining zovurga agʻdarilishi oqibatida ikki nafar ayol hayotdan koʻz yumdi.

Znak avariynoy ostanovki - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Boysunda beton toʻsiqqa borib urilgan KAMAZ haydovchisi halok boʻldi

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga koʻra, hodisa 12 may kuni “Normurod Niyoz” fermer xoʻjaligi dala hududida sodir boʻlgan. 45 yoshli traktor haydovchisi transport vositalari harakati uchun moʻljallanmagan choʻl hududidan harakatlanib ketayotgan vaqtda traktor tirkamasi sirpanib zovurga agʻdarilgan. Bunga yomgʻir yogʻib, yoʻllar loy boʻlganligi sabab boʻlgan.

Natijada tirkama ustida boʻlgan ikki nafar 33 yoshli va 34 yoshli ayol halok boʻlgan. Yana bir 38 yoshli ayol tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala