Jamiyat

Xitoy Oʻzbekistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini joʻnatdi

© Posolstvo Kitaya v UzbekistaneKitay predostavil gumanitarnuyu pomoщ Uzbekistanu
Kitay predostavil gumanitarnuyu pomoщ Uzbekistanu - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonga Xitoy harbiy samolyoti bortida jami 2,5 tonnaga yaqin 13 turdagi tibbiyot vositalari olib kelindi.

TOSHKENT, 13 may — Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasi Oʻzbekistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini joʻnatdi.

Xitoy harbiy samolyoti bortida jami 2,5 tonnaga yaqin 13 turdagi tibbiyot vositalari olib kelindi. Ular asosan yuqumli kasalliklardan himoyalovchi tibbiyot niqoblari, koʻzoynaklar, maxsus kiyimlar, masofadan turib tana haroratini oʻlchovchi termometr, dezinfektsiyalovchi apparat kabi eng zarur buyum va vositalardan tashkil topgan.

© Posolstvo Kitaya v UzbekistaneKitay predostavil gumanitarnuyu pomoщ Uzbekistanu
Xitoy Oʻzbekistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini joʻnatdi - Sputnik Oʻzbekiston
Kitay predostavil gumanitarnuyu pomoщ Uzbekistanu

Mazkur insonparvarlik yordamining umumiy miqdori 2 million Xitoy yuaniga, yaʼni 2 milliard 870 million soʻmga yaqin.

“Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasidagi xalqaro hamkorlik hozirgi epidemiya davrida ikki xalqning bir-biriga oʻzaro koʻmak berishga doim tayyorligini koʻrsatdi. Xitoy xalqi karantin qoidalarini hisobga olgan holda, qiyin va sinovli damlarda ham epidemiyaga qarshi kurashda maxsus samolyot orqali oʻzbek xalqiga oʻz vaqtida zarur  insonparvarlik yordamini yetkazgani bunga yaqqol misoldir. Ulugʻ mutafakkir Alisher Navoiy aytganidek, doʻsting uzoqda boʻlsa ham, koʻngli yaqin boʻladi”, - dedi Xitoyning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Tszyan Yan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Janubiy Koreyadan Oʻzbekistonga 192 ming dollarlik insonparvarlik yuki joʻnatilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala