Jamiyat

Myasnikov koronavirus haqidagi yangi afsonani yoʻqqa chiqardi

© Sputnik / Maksim BogodvidShprits s lekarstvom
Shprits s lekarstvom - Sputnik Oʻzbekiston
Shifokor “oʻlim inʼyektsiyalari” va koronavirusga test bahonasida “chiplash” toʻgʻrisidagi xabarlarni quruq safsata deb atadi.

TOSHKENT, 13 may — Sputnik. Shifokor Aleksandr Myasnikov “oʻlim inʼyektsiyalari” va koronavirusga test bahonasida “chiplash” toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni quruq safsata deb atadi.

“Goʻyoki politsiya xodimlari va shifokorlar yurib, odamlarni asta-sekin oʻldiradigan emlashlarni amalga oshirmoqdalar. Bu maʼlumotni rad etishga toʻgʻri keldi”, - dedi shifokor.

Myasnikovning taʼkidlashicha, bu goʻyoki COVID-19 bilan kasallanganlar tanasini organlarga sotilayotganligi haqidagi maʼlumot kabi yolgʻondir.

Laboratoriya dlya testirovaniya na koronavirus v Arxangelskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Koronavirusga qarshi dorining chiqarilishi sanasi aytildi

“Hech kim uyma-uy yurmayapti. Agar, misol uchun, virus yuqtirib olgan kishi bilan muloqotda boʻlganingiz tufayli test oʻtkazish zaruriyati paydo boʻlsa, bu haqda sizni albatta ogohlantirishadi”, -  deya Myasnikov soʻzlaridan keltirgan RIA Novosti.

Mutaxassis bemor sifatida biror tanishning ismi aytilsa, unga qoʻngʻiroq qilib maʼlumotni aniqlashtirishni tavsiya qiladi.

“Nima boʻlgan taqdirda ham siz shunchaki eshikni ochmaslik huquqiga egasiz. U yerda oʻzga sayyoraliklar yoki shpritsli qotillar bormi", - deya xulosa qildi Myasnikov.

Rossiyada koronavirus bilan bogʻliq 242 271 ta holat aniqlangan. 48 003 kishi tuzalib ketgan. Jami 2212 ta oʻlim holati qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala