Jamiyat

Oʻzbekistonliklarni vatanga qaytarish charter reyslari jadvali toʻldirildi

Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga binoan, besh kun davomida 1243 nafar oʻzbekistonlik vatanga charter reyslarida qaytarildi.

TOSHKENT, 13 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga binoan, 8-12-may kunlari Dubay, Minsk, Seul, Dehli, Frankfurt va Moskva shaharlaridan 1243 nafar oʻzbekistonlik vatanga charter reyslarida qaytarildi.

Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi maʼlumotlariga koʻra, 13-may kuni, taxminan soat 19.00 da charter layneri Istanbuldan kelishi kutilmoqda.

24 mayga qadar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha parvozlarni tashkil etish rejalashtirilgan (yangilangan):

14-may. Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent;

15-may. Toshkent – Singapur – Kuala-Lumpur – Toshkent*;

16-may. Toshkent – Rostov-Donu – Toshkent;

17-may. Toshkent – Qozon – Toshkent;

18-may. Toshkent – Moskva – Toshkent;

19-may. Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent;

20-may. Toshkent – Moskva – Toshkent;

21-may. Toshkent – Istanbul – Toshkent;

22-may. Toshkent – London – Toshkent;

23-may. Toshkent – Novosibirsk – Toshkent;

24-may. Toshkent – Sharja – Toshkent.

“Boshqa davlatlardan kelgan vatandoshlarni qaytarish uchun charter reyslarini tashkil etish boʻyicha ishlar davom etmoqda.

V Tashkent priletel samolet s passajirami iz g. Uxan - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston fuqarolarini Hindiston va Koreyadan olib kelish uchun charter reys tashkil etadi

Vatanga keksa, kasal, homilador fuqarolar va bolali ayollar birinchi galda qaytariladi.

Chet eldagi fuqarolarimizdan yuqoridagilarni eʼtiborga olishlari, karantin qoidalariga rioya qilishlarini va boʻlib turgan mamlakatlari ayeroportlarida diplomatik vakolatxonalar va “Uzbekistan Airways” AJ xabarisiz yigʻilmasliklarini iltimos qilamiz.

Oʻzbekiston fuqarolari qaytib kelgandan keyin Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qatʼiy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinga joylashtiriladi”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala