Pandemiyadan geosiyosiy hisob-kitoblar uchun foydalanish kerak emas - Lavrov

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishVizit glavi MID Rossii S. Lavrova v Finlyandiyu
Vizit glavi MID Rossii S. Lavrova v Finlyandiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rahbari so‘zlariga ko‘ra, koronavirusdan geosiyosiy hisob-kitoblar uchun foydalanish kerak emas, pandemiyaga qarshi kollektiv sayi-harakatlar bilan kurashish lozim.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bu haqda Hamdo‘stlik davlatlari TIV rahbarlari uchrashuvi yakunida o‘tkazilgan matbuot-anjumanida ma’lum qildi.

Videokonferensiya glavi MID RF S. Lavrova v ramkax zasedaniya s uchastnikami Fonda im. A. M. Gorchakova  - Sputnik O‘zbekiston
Sergey Lavrov YeOII nomiga yog‘dirilayotgan tanqidlarga javob qaytardi

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra - MDH ishtirokchilari ushbu pozitsiyani qo‘llab-quvvatlaydilar.

"Pandemiya xalqaro hayotga yetkazgan oqibatlarini kompleks baholashimiz talab etiladi. Ammo hozirdan xulosa qilish mumkinki - inqiroz navbatdagi bor - biz barchamiz o‘zaro bog‘liq ekanligimizni, bir-birimizga muhtojligimizni, milliy darajada qanday chora-tadbirlar ko‘rilishidan qat’iy nazar butun dunyo bo‘ylab tarqalayotgan transchegaraviy xatarlar borligini aytish mumkin.

Shu bois, haqiqatan chegara bilmaydigan ushbu tahdidlarga qarshi kurashda sayi-harakatlarimizni birlashtirishimiz, xalqaro munosabatlarni qurish uchun kollektiv yondoshuvlarni izlashimiz darkor", - dedi tashqi siyosiy mahkama rahbari.

Bugungi kunda dunyo bo‘yicha yangi turdagi COVID-19 koronavirusini yuqtirganlar soni 4 million kishidan oshdi, ulardan 280 mingdan ziyodi vafot etdi.

Yangiliklar lentasi
0