Siyosat

AQSH Xitoyga "munosabatlarni toʻliq uzish" bilan tahdid qilmoqda

© REUTERS / Lucy NicholsonRespublikanskiy kandidat v prezidentы Donald Tramp
Respublikanskiy kandidat v prezidentы Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH prezidenti Donald Tramp Qoʻshma Shtatlar koronavirus bilan bogʻliq vaziyatga javoban Xitoy bilan aloqalarni toʻliq uzishi mumkinligi haqida gapirdi.

TOSHKENT, 14 may - Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp AQSH koronavirus bilan bogʻliq holatga javoban Xitoy bilan munosabatlarni toʻliq toʻxtatishi mumkinligi haqida bayonot berdi.

Kongress SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH senatiga COVID-19 tufayli Xitoyga qarshi sanktsiya toʻgʻrisida qonun loyihasi kiritildi

"Biz koʻp ishlarni amalga oshirishimiz mumkin. Biz munosabatlarni toʻliq uzishimiz mumkin", - dedi Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

"Agar siz buni amalga oshirganingizda nima roʻy berardi? Agar munosabatlarni toʻliq uzganingizda 500 milliard dollar iqtisod qilgan boʻlar edingiz", - deb qoʻshimcha qilgan prezident.

Tramp bu soʻzlarni Xitoyning koronavirus bilan bogʻliq boʻlgan va Vashington nazarida notoʻgʻri hisoblangan harakatlariga javoban AQSH tomonidan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan choralar haqida gapirayotib aytgan. 

Xususan, boshlovchi Trampdan AQSH xitoylik talabalarga viza berish amaliyotini bekor qilishi mumkinligi borasida fikr soʻragan. Bu haqda sal oldin amerikalik senatorlardan biri taklif kiritgan edi.

Tramp shuningdek, uning XXR yetakchisi Si Tszinpin bilan aloqalari yaxshiligini va hozircha unga qoʻngʻiroq qilishni istamayotganini aytgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala