Dunyoda

Braziliyada koronavirusni yengish uchun alkogol savdosini taʼqiqlashdi

© REUTERS / Pilar OlivaresDevushka na velosipede proyezjayet mimo plakata «Ne vыxodi iz doma» na plyaje Ipanema v Rio-de-Janeyro, Braziliya
Devushka na velosipede proyezjayet mimo plakata «Ne vыxodi iz doma» na plyaje Ipanema v Rio-de-Janeyro, Braziliya - Sputnik Oʻzbekiston
Braziliyada 177 mingdan ziyod kishi koronavirusni yuqtirgan, qurbonlar soni 12 400 kishini tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 14 may - Sputnik. Braziliya shimolida joylashgan Piaui shtatida koronavirus tufayli alkogol savdosi cheklanmoqda. Shtat gubernatori Vellington Diasga koʻra, ushbu qaror mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun qabul qilingan, deb xabar qiladi RIA Novosti.

Shprits s lekarstvom - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Myasnikov koronavirus haqidagi yangi afsonani yoʻqqa chiqardi

"Juma 15 may sanasidan yakshanba 17 may kunigacha alkogol ichimliklar savdosi hamda shaharlararo transport harakati taʼqiqlanadi", - deb maʼlum qilgan Dias Twitterda.

Gubernatorning taʼkidiga koʻra, ushbu choralar joriy etilishiga shtatdagi oʻz-oʻzini izolyatsiyalash darajasi oʻta pastligi sabab boʻlgan. Taʼkidlanishicha, vaqtincha joriy etilgan "alkogol cheklochini nazarda tutuvchi qonun" tufayli fuqarolarda uyda qolish uchun koʻproq motivatsiya paydo boʻladi va bu oʻlaroq infektsiya tarqalishi xatari pasayadi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Braziliyada koronavirusga chalinish bilan bogʻliq 177 589 holat aniqlangan, 12 400 kishi vafot etgan. Piaui shtatida 1 612 kishi infektsiyaga chalingan, oʻlim holatlari 57tani tashkil qilmoqda.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infektsiyasi tarqalishini pandemiya, deb eʼlon qildi. BSST taqdim etgan soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yer yuzida koronavirusga chalinganlar soni 4,1 milliondan oshgan, 287 mingdan ziyod kishi ushbu infektsiyadan vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala