Analitika

Ekspert: nafaqalarni naqd pulda toʻlashdan butunlay voz kechishning hozirgi paytda iloji yoʻq

© Meriya Nijnego NovgorodaAnalitik gruppы kompaniy "Finam" Aleksey Korenev
Analitik gruppы kompaniy Finam Aleksey Korenev - Sputnik Oʻzbekiston
“Finam” kompaniyalar guruhining moliyaviy tahlilchisi Aleksey Korenev nega bir qator mamlakatlarda, shu jumladan Oʻzbekistonda, ayniqsa, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash sohasida naqd pulsiz hisob-kitoblarga toʻlaligicha oʻtishning hozircha imkoni yoʻqligini tushuntirdi.

Oʻzbekistonda koronavirus epidemiyasi davrida ijtimoiy toʻlovlar, pensiya va nafaqalarni naqd pulsiz toʻlovlarga toʻlaligicha oʻtkazishga qaror qilindi, ammo joylarda, ayniqsa, viloyatlarda muayyan muammolar aniqlanganidan keyin mablagʻlarni naqd pul shaklida qoldirishga qaror qilindi.

Rossiyalik tahlilchining fikriga koʻra, dunyoda elektron pullarga oʻtish tobora kuchayib bormoqda. Masalan, Skandinaviya va YEI mamlakatlarida deyarli barcha toʻlovlar naqd pulsiz shakldadir, ammo hamma davlatlarda ham bunday modelni amalga oshirib boʻlmaydi.

Iqtisod
Pensiya va ish haqi yana naqd pulda toʻlanadi

"Keksa odamlar, deylik, qisqa vaqt ichida yangi texnologiyalarni oʻzlashtirishlari va kartalar yoki onlayn toʻlovlardan foydalanishga muvaffaq boʻlishini tasavvur qilish qiyin. Mamlakatning chekka hududlarida bankomatlarning mavjudligi ham yetarli darajada emas. Joriy voqelikda elektron mablagʻlarga oʻtish asta-sekin amalga oshiriladi, lekin yana uzoq vaqt davomida haqiqiy pul bizning mamlakatlarda muomalada qoladi", - deydi Korenev.

Uning qoʻshimcha qilishicha, onlayn toʻlov tizimlarining afzalliklari koʻp - bu ham xavfsizlik, ham banklar va isteʼmolchilar uchun minimal xarajatlar. Ammo haqiqiy puldan puldan butunlay cheklanishning deyarli ilojisi yoʻq.

"Misol uchun aytsak, yaqinda Nyu-Yorkda yaqinda roʻy bergani kabi elektrenergiyani global miqyosda oʻchirilishi elektron pullardan foydalanishni shubha ostiga qoʻyadi. Qandaydir muayyan darajada naqd pullar baribir muomalada qoladi", - deya xulosa qildi tahlilchi.

Sputnik Oʻzbekiston radiopodkastida tahlilchining batafsil sharhini rus tilida tinglang

Ekspert: polnostyu otkazatsya ot nalichnыx vыplat pensiy seychas nerealno
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala