Jamiyat

Fargʻona viloyati koronavirusdan xoli hududga aylandi

Fargʻonada koronavirus bilan kasallangan soʻnggi bemor butunlay sogʻaydi va hudud koronavirusdan xoli hudud maqomiga ega boʻldi.

TOSHKENT, 14 may — Sputnik. Fargʻonada koronavirus bilan kasallangan soʻnggi bemor butunlay sogʻaydi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

MO, Nats gvardiya, MVD vvedut patrulirovaniye ulits - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shahar va tumanlar epidemiologik jihatdan toifalarga ajratildi – roʻyxat

Fargʻonada tuzalgan soʻnggi 40 yoshli bemor Oltiariq tumanidan. Fuqaro virusni muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan edi.

Shunday qilib, viloyatdagi koronavirusga chalingan 157 nafar bemorning barchasi butunlay sogʻaydi va viloyat koronavirusdan xoli hududga aylandi.

Hozircha uchta viloyat koronavirusdan xoli hudud maqomiga ega: Qashqadaryo, Jizzax va Fargʻona viloyatlari.

Oʻzbekiston boʻylab koronavirusdan butunlay sogʻayganlar soni 2077 nafarni tashkil etmoqda. Davolanish koʻrsatkichi deyarli 80 foizga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala