Islom ulamolari koronavirus haqida qanday fikrda

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishPalomniki v Mekke
Palomniki v Mekke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
COVID-19 pandemiyasi musulmonlarning hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi va millionlab odamlarga ularni kasallikdan xalos bo‘lishida Alloh nafaqat iymonni, balki aql-idrokni ham berganini eslatdi.

TOShKENT, 14-may - Sputnik. Yanvar oyida, koronavirus hali pandemiya ko‘lamida tarqalmagan va xavfli infeksiyaga Xitoyda allaqanday mavsumiy avj olish sifatida qaralayotgan mahalda, kasallik tabiatini nafaqat ommaviy axborot vositalari, balki islom ulamolari ham keng muhokama qila boshladi.

Bu yerda fikrlar bo‘lindi. COVID-19ning kelib chiqishi geografiyasini hisobga olgan holda, eng ashaddiy vakillar koronavirus uyg‘urlarni va umuman barcha musulmonlarga zulm o‘tkazgani Xitoy uchun munosib jazo deb takidladilar.

Musulmanin vo vremya molitvi - Sputnik O‘zbekiston
Moskva jome masjidida COVID-19 tufayli tunu kun Qur’on tilovat qilinmoqda

“Shubhasiz, bu xitoyliklarning mslomga munosabati, islom va musulmonlarga hurmatsizligi, munosabati uchun Allohning ilohiy jazosidir”, - dedi Iroqning diniy yetakchisi Oyatulloh Hadi al-Modarrezi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, xitoyliklar ayollarga yuzlarini to‘sib paranji kiyishni ta’qiqlagan, endi esa Alloh yuz millionlab xitoyliklarning yuzlarini niqob bilan yopib yurishga majbur qildi.

Bunday nutqlarni internetning ko‘plab foydalanuvchilari qo‘llab-quvvatladilar va XXR hukumatiga, farqi yo‘q – haqiqiymi yoki uydirmami, barcha gunoh va xafagarchiliklarini esga soldilar. Ba’zi o‘ta qiziqqon, ammo ehtimol, o‘qimishli bo‘lmagan fuqarolar, jiddiy tarzda, Xitoy hukumati muqaddas kitobni yoqib yuborganligi tufayli Xudoning g‘azabiga uchragan, va shu sababli kasallik « “quronavirus” deb nomlangan deb ta’kidlashmoqda.

Allohdan koronavirusdan aziyat chekayotgan kofirlarning azobini kuchaytirishni so‘ragan "Islom davlati"* ham chetda qolmadi. Ammo, terrorizm voizlari jihod jangchilari ham infeksiyani yuqtirib olishi mumkinligini ehtiyotkorlik bilan ta’kidladi, shuning uchun o‘z tarafdorlarini epidemiya avj olgan hududlarga borishdan chekinishga chaqirdi.

Jiteli Tegerana idut po odnoy iz sentralnix ulis v meditsinskix maskax - Sputnik O‘zbekiston
Eronda koronavirus yuqtirgan yuqori lavozimli amaldor vafot etdi

Yaxshiyamki, oddiy dindorlar va ulamolar orasida yetarlicha idrokga ega odamlar oz emas.

COVID-19 tarqatilishining birinchi oyidayoq, imom va ulamolar aql-idrokga quloq solib, birinchidan, Xitoy hukumati nohaq bo‘lsa ham, birovning baxtsizligini mazxara qilish musulmonga loyiq emasligini, ikkinchidan, kasallik, bu jadal harakatlanishida ertami-kech musulmonlarga ham yetib borishini eslatdi.

Shu qatorda, nufuzli al-Azhar universitetining bosh imomi shayx Ahmad at-Tayib, COVID-19 to‘g‘risidagi tasdiqlanmagan mish-mishlar tarqatilishini shirk deb e’lon qildi va dindorlarni barcha cheklovchi choralarni, shu jumladan juma namoziga vaqtincha taqiqni qat’iyan bajarishga chaqirdi.

“Bularning barchasi majburiy va islom qonunlariga muvofiqdir, shuning uchun bunga bo‘ysunmaslik Allohning kalomiga bo‘ysunmaslik degani”, - dedi shayx.

Qanday bo‘lmasin, Eronga koronavirus yetib kelganidan so‘ng, Allohning "kofirlarga" jazosi haqida gaplar tez orada yo‘qqa chiqdi. Mart oyining boshida eng ashaddiy dindorlar o‘zlarining iymoni kuchliligini va koronavirusga beparvoligini namoyish etishga qaror qilib, masjidlarning to‘siqlarini o‘pib yalayotganlarini videoga oldilar.

Oldindan bashorat qilib bo‘ladigan vaziyat ro‘y berdi: kasallik Eronda keskin avj oldi. Hukumat o‘z fuqarolarining bunday diniy g‘ayratini qadrlamadi-da, bunday videolar mualliflarini hibsga olishni boshladi, ko‘rinishidan ular aql-idrok bu Allohning in’omi-yu, undan to‘g‘ri foydalanmayotganlar nafaqat insoniy, balki ilohiy qonunlarini ham buzishayotganini angladilar.

Bundan tashqari, o‘sha paytga kelib kasallik hokimiyat tepasidagilarga ham tegdi. Islomiy inqilobiy soqchilar korpusi generali Naser Shaabani koronavirusdan vafot etdi, kasallikka Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Iradj Xarirchi ham chalindi. Kutilmaganda xudoning xitoyliklarga jazosi haqida va’zlarni qoldirgan Oyatulloh Xadi al-Modarrezi ham kasallik qurboni bo‘ldi.

Na musulmanskom kladbishe v Dushanbe. - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusdan vafot etgan kishi qay tarzda dafn etiladi - Fatvo hay’ati

Epidemiyaning butun dunyoga tez tarqalishi islomiy jamiyatning hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi va millionlab dindorlarga hayot intiqomiga tez kelishini va ko‘ngil haqida ko‘proq o‘ylash kerakligini eslatdi.

Eng asosiysi, pandemiya diniy marosimlarni o‘tkazilishiga ta’sir ko‘rsatdi. RF Musulmonlar diniy boshqarmasi ulamolar kengashi fatvo qabul qildi, unga binoan, favqulodda vaziyat tufayli marhumlarni yuvintirmasdan, uni kafan ichida emas, balki tobutda ko‘mishga ruxsat berildi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston musulmonlari idoarsi Al-Azhar institutining fatvosini qabul qildi, unga ko‘ra koronavirus infeksiyasi natijasida vafot etgan musulmon azobdan o‘tgan shahiddir.

Qanday bo‘lmasin, imomlar pandemiyani taqdir sifatida qabul qilishni va shunga muvofiq munosabat bildirishni tavsiya etadilar.

“Qur’onda shunday yozilgan - siz yomon deb o‘ylaganingizga duch kelasiz, ammo aslida bu yaxshilikka aylanadi. Va aksincha. Koronavirus ham gunohlar uchun jazoga aylanishi mumkin, shunda atrofimizga nazar tashlashimiz, xatti-harakatlarimizni tahlil qilishimiz yoki o‘zimizni boshqarishimiz uchun imkoniyat bo‘lishi mumkin, ehtimol - kuchimizni xayrli ishlarga yo‘naltirishga, odamlarga ko‘proq rahm-shafqat qilishga imkondir. Ayniqsa hozir, Ramazon oyida", - deb izohladi Sputnik Tojikistonga, Rossiya Musulmonlar diniy boshqarmasi raisining birinchi o‘rinbosari Damir-Hazrat Muxetdinov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, musulmon bilan nima sodir bo‘lmasin, u Robbisini ulug‘lasa, unga mukofot bo‘lgay va barcha sinovlar Yaratganning barokati va rahmatiga aylanishi mumkin. Asosiysi, tushkunlikka tushmaslik, ishonchni yo‘qotmaslik va ko‘ngilni cho‘ktirmaslik.

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0