Xorijdan kelgan o‘zbekistonliklarning 4 nafarida koronavirus aniqlandi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishKarantinniy sentr v Kommunarke
Karantinniy sentr v Kommunarke  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda O‘zbekistonda 2076 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 79 foizni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 14-may - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 8 nafarga oshdi va 2620tani tashkil etmoqda, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Migranti v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Charter reyslarda kim birinchi qaytariladi - Rossiyadagi elchixona javobi

Xabarga ko‘ra, 8 nafar yangi kasallanish holatining 4 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 4 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlangan.

Xorijdan kelib, kasallanish qayd etilgan fuqarolarning 3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lsa, 1 nafari esa Qozog‘istondan kelgan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 2076 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 79 %ni tashkil qilmoqda. Mamlakatda davolanayotgan 533 nafar bemordan 11 nafari og‘ir ahvolda.

Mirziyoyev karantin talablari yumshatilishda davom etishini aytdi >>>

"Shifokorlar tomonidan barcha bemorlarga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda", - deb xabar qiladi vazirlik.

COVID-19 dunyoning 180 dan ortiq davlatga yetib bordi. BSST taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan insonlar soni 4,3 milliondan oshdi, vafot etganlar soni 292 ming kishini tashkil etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0